O'zbekiston

Marhamat tumani hokimi o‘ziga “advokatlar” yolladi

Marhamat tumani Kengashi deputatlari ustozlar bilan bog‘liq "uzrbozlik" tadbiri uchun tanqidga uchragan tuman hokimini himoya qilib chiqdi.

Marhamat tumani hokimi o‘ziga “advokatlar” yolladi


Ijtimoiy tarmoqda Xalq deputatlari Marhamat tuman va viloyat kengashi deputatlari jurnalist va blogerlarga mazkur mavzuni ortiq muhokama qilmaslikni so‘ragani aks etgan videomurojaati tarqaldi. 


Yaxshi niyatda boshlangan ezgu ish chappasiga ketdi


Murojaatni deputat Hаfiza Mamarizayeva boshlab bergan. U mavzu atrofidagi negativ fikrlar tuman aholisi ruhiyatiga salbiy ta’sir qilayotganini aytgan.


“Yaxshi niyatda boshlangan ezgu ish qanday qilib chappasiga ketganidan hayronmiz. Hammamiz kelishib, ijtimoiy tarmoqlarda bo‘layotgan turli munosabatlarga chek qo‘yishlarini so‘rab murojaat qilyapmiz. Chunki bu holat Marhamat tumani aholisi ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatyapti. Biz xalq ichida yuribmiz. Qanaqa savollar bo‘lsa berishsin. Biz tuman faollari javob berishga tayyormiz”, — degan Hafiza Mamarizayeva.

 

Deputat Ortiqali Husanov esa:


“Hokim ta’limni rivojlantirish yo‘lida ko‘p ishlar qildi. Men muhokama qilinayotgan mavzu bo‘yicha yaxshi tashabbuslarni noto‘g‘ri tushunilgan holat deb baholagan bo‘lardim”, — degan.


Shuningdek, u tumanda hokim tashabbusi bilan xalq ta’limi sohasida olib borilayotgan islohotlarni to‘lqinlanib, sanab o‘tgan. Ammo bu kabi islohotlar Prezident boshchiligida barcha hududlarda olib borilmoqda.

 


“Blogerlar va jurnalistlar bu masala muhokamasini to‘xtatishlari kerak”


Yana bir deputat Davron Maqsudov esa jurnalist va blogerlardan mavzu atrofidagi muhokamalarni yakunlashni so‘ragan.

 


“Blogerlar va jurnalistlar bu masala muhokamasini to‘xtatishlari kerak. To‘g‘ri, yig‘ilishni tashkil qilishda kamchiliklar bo‘ldi. Tuman hokimi, hatto viloyat hokimi uzr so‘rab chiqdi. Hamma bloger va jurnalistlar sizlarni sessiyalarimizga taklif qilamiz. Biz deputatlarda bir xil fikr bo‘lmaydi. Biz juda keng fikrlovchi odamlarmiz. Niyatimiz bitta — Marhamat tumanini oldinga intilishiga hissa qo‘shish, respublikada o‘rnini toptirish. Bloger va jurnalistlar doim “Xalq muammolarni olib chiqsak, ijtimoiy-iqtisodiy masalalar rivojlansa”. Kimdir kamchilikka yo‘l qo‘ydi, kimdir uzr so‘radi. Kelinglar, tuman xalqi bilan kelajakka qarab yuraylik. Hadeb orqaga qarayversak, orqaga qarab yurib ketib qolamiz. Kamchilik va qiladigan ishlar juda ko‘p”, — degan u.


Andijonlik ayrim deputatlarning fikricha, keng jamoatchilik “yaxshi niyat”da boshlangan “ezgu ish”ni chappasiga ketgan. Shuningdek, tadbirni tashkil etishda kamchiliklar bo‘lgan.


Xalq dardi bilan yashaydigan deputatlar o‘qituvchining emas, hokimni himoya qilib, u qilgan ishlarni ko‘z-ko‘z qilayotganidan nimani anglash mumkin? Shu kungacha inida o‘tirgan deputatlar nega endi birdan “tilga kirdi”? O‘zlaridan-o‘zlari to‘planib, kelishgan holda ommaviy uzr so‘ragan, obro‘si tushirilgan o‘qituvchilarni emas, aynan, hokimni himoya qilib chiqqan?  

 


Hokimdagi kuch va imkoniyat o‘zini-o‘zi himoya qilishga yetadi


Tuman hokimini yoqlab chiqqan bu deputatlarga Rasul Kusherbayev o‘z fikrini bildirdi: 

 

“Marhamat tumani Kengashi deputatlari ustozlar bilan bog‘liq "uzrbozlik" tadbiri uchun tanqidga uchragan tuman hokimini himoya qilib chiqmoqda.


Bu mahalliy deputatlarga hokimlar boshliq bir vaqtda marhamatlik deputatlar ushbu ishni o‘z ixtiyorlari bilan qildimi, degan savolni keltirib chiqaradi.


Nima bo‘lganda ham deputatning kimgadir u hokimlik davrida "advokat"lik qilishi yaxshimas. Chunki hokimdagi kuch va imkoniyat o‘zini himoya qila olishga yetadi.”

 


“Men hammasini bilaman...”


You Tube’ga joylangan ushbu videoga ko‘pchilik shaxsiy fikrini bildirib, izoh qoldirgan (fikrlar tahrirlangan):


“Men Marhamatdanman. Qarg‘a qarg‘ani ko‘zini cho‘qimaydi, degan maqolmi bu? Blogerlar oddiy xalq bilan gaplashsin, hamma sirlar ochiladi. Afsus... Ustozlarni xo‘rlash davom etar ekanda”.

 

“Hurmatli deputatlar! Sizlar xalq vakillarisiz. Sizlar tuman hokimi va uning o‘rinbosarining tarafini olyapsiz... Hokim o‘qituvchini pastga urmasdan, xalqdan kechirim so‘rasin...”

 

“Marhamatga adolatli rahbarlar qo‘yilishi kerak...”

 

“Eng achinarlisi, shularning ichida o‘qituvchilik nonini yeyayotganlar ham bor. Qadringizga achining”.


“Sizlar deputatmi yoki ijro organi (hokim)ning advokatimi? Hokimni yonini olmay, oldin o‘qituvchilarning yonini olinglar. Nega shu paytgacha jim turib, endi hokimning yonini olgani efirga chiqyapsizlar? Hokim tomonidan sahnalashtirilgan yana bitta spektakl. Men hammasini bilaman...”


Kuzatuvchilarning fikrini keltirishdan maqsad — kimnidir joyidan qo‘zg‘ash, “hayfsan olib berish” yoki xalq va deputatlar orasiga nizo tashlash emas. Balki o‘qituvchilar dalda kutgan paytda ularning sukutda bo‘lgani kishini o‘yga toldiradi. O‘sha kezda ular o‘zlarida jasorat topib, himoya so‘zini aytolmadi. Endi esa urushdan keyingi qahramondek, hokimga oqlovchi bo‘lgani kuzatuvchilarni “qo‘zg‘atib qo‘ydi”.


Bahriniso Madumarova

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Marhamat tumani hokimi o‘ziga “advokatlar” yolladi | Zamon.uz