Prezident Toshkent aylanma yo’lida quriladigan “boks strit” loyihasi bilan tanishdi
Majmuada kecha-yu kunduz ishlaydigan savdo, ovqatlanish va maishiy xizmat shoxobchalari bo‘ladi.

Yo‘l bo‘yida tashkil etiladigan bunday majmualar dunyo tajribasida bor. Hozirda ularni arzon va tez qurish maqsadida yuk konteynerlaridan foydalanilmoqda.
Buning uchun 7 gektar yer ajratilishi rejalashtirilgan. Obyektlar tadbirkorlarga elektron-onlayn auksion orqali sotiladi. Ularda 500 dan ortiq ish o‘rni yaratilishi mo‘ljallangan.
Prezident Toshkent shahrida harakatlanayotgan elektrobusni ham ko‘zdan kechirdi. “Yashil” transport tizimini rivojlantirish, metropolitenning keyingi bosqichlari va tramvay yo‘nalishini belgilash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.








