O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Yangihayot tumanidagi “Toshkent indeks” savdo va xizmat ko‘rsatish majmuasi bilan tanishdi

Loyihaning birinchi bosqichini Navro‘z bayrami arafasida ishga tushirish rejalashtirilgan.

Shavkat Mirziyoyev Yangihayot tumanidagi “Toshkent indeks” savdo va xizmat ko‘rsatish majmuasi bilan tanishdi


Ushbu majmua 72 gektar bo’lib, bu yerda qariyb 1 trln 300 mlrd so‘m evaziga savdo do‘konlari, logistika va ekspo markazlari, mehmonxona, oshxona barpo etilmoqda. Ularda jami 13 mingta yangi ish o‘rni tashkil etiladi.

 

Shu yerda Yangihayot va Sergeli tumanlarini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish masalalari yuzasidan yig‘ilish o’tkazilb, joriy yilgi vazifalar ko‘rsatib o‘tildi.

 

Bu yil Yangihayot tumanida jami qiymati 3,8 trillion so‘m bo‘lgan 61 ta loyihani amalga oshirib, 26 mingta yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.

 

“Yangi shahar” loyihasi doirasida 5 million kvadrat metr uy-joy, ko‘plab ijtimoiy soha ob’yektlari quriladi. 430 ming aholi uy-joy bilan ta’minlanadi. “Yo‘ldosh” mavzesidagi eski yog‘och uylar buzilib, ularning egalarini zamonaviy turarjoylarga ko‘chirish dasturi boshlanadi. 

 

Aholi zich mahallalarda uchta bolalar bog‘chasi, ikkita maktabda qo‘shimcha bino quriladi. Jamoatchilik fikri asosida aholi muammolarini hal etishga 3,2 milliard so‘m yo‘naltiriladi.

 

Sergeli tumanida umumiy qiymati 6,4 trillion so‘m bo‘lgan 79 ta investisiya loyihasi amalga oshirilib, 31 mingta doimiy ish o‘rni yaratish mo‘ljallangan. Jumladan, “Alyuteks” korxonasida alyumin profillar, “Rezalit stroy grup” korxonasida elektrokar ehtiyot qismlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. 

 

2 ta maktab, 2 ta bolalar bog‘chasi va oilaviy poliklinika quriladi. “Alisher Navoiy” mavzesida Yangi O‘zbekiston massivini qurish ishlari boshlanadi.

 

Yig‘ilishda Toshkent shahri tumanlarining hokim va sektor rahbarlari so‘zga chiqdi. Hokim yordamchilari ishtirokida iqtisodiy, yoshlar yetakchilari bilan ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish rejalari haqida axborot berdi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev Yangihayot tumanidagi “Toshkent indeks” savdo va xizmat ko‘rsatish majmuasi bilan tanishdi | Zamon.uz