Bizni qo'llab-quvatlagani uchun Britaniyadan minnatdorman – Vladimir Zelenskiy
Ukraina prezidenti Britaniya Bosh vaziri bilan uchrashdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Myunxenda Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson bilan uchrashdi.
"Biz Rossiya Federatsiyasining agressiv harakatlari fonida xavfsizlikni taʼminlash haqida gaplashdik. Keyingi qoʻshma qadamlar haqida kelishib oldik. Diplomatiya orqali vaziyatni yumshatish yoʻlida hamjihatlikni saqlab qolamiz. Buyuk Britaniyadan minnatdorman. Ukrainani qo‘llab-quvvatlagani, xavfsizlik va tinchlik yo‘lidagi hamkorlik uchun”, — deb yozdi Zelenskiy Twitter’da.
Bundan oldin u xavfsizlik tashrifi maqsadini e'lon qilgan edi.
"Germaniyaga yetib keldim. Bugun Myunxen xavfsizlik konferensiyasi, hamkorlarimiz va do‘stlarimiz bilan muzokaralar. Asosiy masalalar - Ukraina chegaralaridagi tahdidlar", deb yozdi u Instagram’da.
Prezidentning qoʻshimcha qilishicha, Ukraina xavfsizlik va mudofaa kuchlari “vaziyatni toʻliq nazorat qiladi”, provokatsiyalarga munosabat bildirmaydi, shuningdek, Donbassda faqat tinchlik oʻrnatishga intiladi.
"Agar Rossiya qoʻshni davlatga bostirib kirsa, biz jismoniy shaxslar va Rossiya uchun strategik ahamiyatga ega korxonalarga nisbatan sanksiyalar qoʻyamiz. Ularning London kapital bozorlaridan mablagʻ olishini imkonsiz qilamiz", deydi nutqi davomida Jonson.
U Buyuk Britaniya va uning ittifoqchilari harbiy salohiyatini kuchaytirib, Polshadagi NATO kuchlari tarkibida hozirdanoq o‘z ishtirokini oshirib bo‘lishganiga ishontirdi.
Eslatib o‘tamiz, Zelenskiy Myunxenda Germaniya kansleri Olaf Shols, AQSh vitse-prezidenti Kamalla Xarris, xalqaro moliya institutlari vakillari va Ukrainaning boshqa hamkorlari bilan ham uchrashadi.








