O'zbekiston

Navoiyda savdo majmuasining 4-qavatidan yiqilgan bolaning ahvoli haqida ma’lumot berildi

SSV xabariga ko’ra, tibbiyot xodimlari stabil og‘ir ahvoldagi bemorning hayotini saqlab qolish uchun kurashmoqda.

Navoiyda savdo majmuasining 4-qavatidan yiqilgan bolaning ahvoli haqida ma’lumot berildi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy shahridagi “Yangi hayot” savdo majmuasida bobo va nabira eskalatordan qulab tushgani aks etgan videolavha tarqaldi.

 

Hodisa 18 fevral kuni soat taxminan 20:30da sodir bo‘lgan. Ular majmuaning 5 va 4-qavatlari oralig‘idagi eskalatorda muvozanatini yo‘qotib, 1-qavatga yiqilgan. 

 

1969 yilda tug‘ilgan fuqaro Sh.T. voqea joyida vafot etgan. Tan jarohati olgan 3 yoshli nabira A.T. esa zudlik bilan viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markaziga yotqizilgan.

 

Shundan so‘ng unda standart bo‘yicha nevrologik, ultratovush va bosh miya MSKTsi kabi qator tekshiruvlar amalga oshirilgan. 

 

Bemor A.T.ga "Qo‘shma jarohat. Bosh miya yopiq jarohati. Bosh miya lat yeyishi. O‘rta og‘ir darajasi. Peshona sohasi yumshoq to‘qimalari lat yeyishi. O‘ng tomonlama chanoq suyaklari sinib siljishi. O‘ng o‘pka lat yeyishi. Chap son pastki uchligi yumshoq to‘qimalari lat yeyishi" dastlabki tashxisi qo‘yilgan. 

 

Sog‘liqni saqlash vazirligi uning holatini nazoratga olgan. Unga standart asosida tegishli tibbiy yordam ko‘rsatilyapti.

 

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"