Abdulaziz Komilov Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziriga tabrik yo’lladi
Bugun O’zbekiston bilan Saudiya Arabistoni Podshohligi o’rtasida diplomatik munosabatlar o’rnatilganiga 30 yil to’ldi.

Abdulaziz Kamilovning hamkasbi Faysal bin Farxon Ol Saudga yo’llagan tabrik maktubida O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni munosabatlari so‘nggi yillarda ijobiy sur’at kasb etib, amaliy mazmunga ega bo‘layotgani qayd etilgan. O‘zaro aloqa va almashinuvlarning izchil davom ettirilishi natijasida hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilgani ta'kidlangan.
Shuningdek, maktubda O‘zbekiston tomoni Saudiya Arabistoni bilan barcha sohalarda o‘zaro manfaatli konstruktiv hamkorlikni davom ettirishga tayyorligi bildirilgan.








