Ertaga respublikaning to’rtta viloyatida 20 daraja issiq bo’lishi kutilmoqda
O’zgidromet hafta boshidagi ob-havo prognozini e’lon qildi.

O’zgidromet 20-fevral soat 20.00 dan 21-fevral soat 20.00 gacha bo’lgan ob-havo prognozini e’lon qildi.
Unga ko’ra, Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol Harorat kechasi 3–5 daraja iliq, kunduzi 16–18 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 0–5 daraja iliq, kunduzi 12–17 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 2–7 daraja iliq, kunduzi 15–20 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 2–7 daraja iliq, kunduzi 14–19 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 3–8 daraja iliq, kunduzi 15–20 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Qor ko'chishi xavfi bor. Harorat kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.








