Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi yuqori lavozimga ko'tarildi
Xutmat Qodirova – Checheniston rahbarining uchinchi qizi bo’lib, u Respublika rahbari kotibiyatida boshliq o‘rinbosari etib tayinlangan.

“Checheniston Respublikasi birinchi prezidentining nabirasini (Xutmat Qodirova) Checheniston Respublikasi rahbari kotibiyati boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlangani bilan chin qalbimdan tabriklayman! Xutmat Ramzanovna Qodirovlar sharafini munosib himoya qilmoqda. U bir necha bor turli sohalarda yuksak muvaffaqiyatlarni namoyish etgan. U hafiz degan yuksak unvon sohibasi bo‘lib, o‘zini chinakam muslima va chechen xalqining asl qizi ekanini isbotlagan. Xutmat Ramzanovna o‘ziga ishonib topshirilgan lavozimni munosib bajarib, respublika farovonligi yo‘lida mehnat qilishiga shubham yo‘q”, — deb yozadi Chechenistonning milliy siyosat, tashqi aloqalar, matbuot va axborot bo‘yicha vaziri Dudayev Instagram ijtimoiy tarmog‘ida.
Qodirovning ikki katta qizi ham Chechenistonda yuqori lavozimlarda ishlaydi – Ayshat 2021-yili madaniyat vaziri etib tayinlangan.
Xadijat esa Grozniy shahridagi maktabgacha ta’lim bo‘limiga bir yildan ortiq vaqt davomida rahbarlik qilib kelmoqda.








