Rossiyaning urishish niyati yo'q
Rossiya “urush” soʻzini hattoki talaffuz qilishni ham xohlamaydi – Dmitriy Peskov.

Rossiya "urush" so'zini aytadigan eng oxirgi davlatdir. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
"Eslatib o'tamiz, Rossiya oʻz tarixi davomida hech qachon hech kimga birinchi bo'lib hujum qilmagan. Shunchalik koʻp urushlardan omon qolgan Rossiya Yevropada hattoki “urush” soʻzini talaffuz qilishni ham xohlamaydigan davlatdir. Rossiya uchun kimgadir hujum qilish mantiqiy emas.", dedi Peskov.
Uning fikricha, har kuni Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi mumkinligi sanasini eʼlon qilayotgan Gʻarbning harakatlari provokatsiondir va keskinlikning kuchayishiga olib keladi.
"Gap shundaki, bu bevosita keskinlikning kuchayishiga olib keladi. tuzatib bo'lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin ", - deya qo'shimcha qildi Peskov.
Eslatib o'tamiz, bir kun avval AQSh prezidenti Jo Bayden BMT Milliy xavfsizlik kengashining Ukraina masalasi bo'yicha yig'ilishini o'tkazish tashabbusi bilan chiqqan edi. Uchrashuv 20-fevral, yakshanba kuniga belgilangan.








