O'zbekiston

Import qilinadigan uskunalarga bojxona bojlari kelgusi 3 yilda “nol” stavkada qo‘llaniladi

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida ko‘p kvartirali uy-joy fondini boshqarishni takomillashtirishga oid loyihalar bilan tanishdi.

Import qilinadigan uskunalarga bojxona bojlari kelgusi 3 yilda “nol” stavkada qo‘llaniladi


Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida ko‘p kvartirali uy-joy fondini boshqarishni takomillashtirish va issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish, mahallalarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirishga oid, hamda geologiya sohasi va kimyo sanoatidagi loyihalar bilan tanishdi.

 

Kommunal xizmatlar millionlab aholi turmushiga daxldor masala. Ilgari ko‘p qavatli uylarga xizmatni faqat mulkdorlar shirkati ko‘rsatar, texnika va mutaxassislar yetishmasligi sababli uning sifati past edi. Bugungi kunda esa boshqa boshqarish shakllari ham joriy qilingan.

 

2020 yilda tajriba tariqasida Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi 110 ta ko‘p qavatli uy qonunchilikda belgilangan tartibda boshqaruv kompaniyalariga berilgan edi. Bu tajriba 2021 yilda barcha viloyat markazlari, Chirchiq va Angren shaharlarida davom ettirilib, 15 ta boshqaruv kompaniyasi tomonidan xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan.

 

Masalan, Navoiy shahridagi 116 ta ko‘p qavatli uyga bitta boshqaruv kompaniyasi tomonidan xizmat ko‘rsatilgan bo‘lib, muddati o‘tgan qarzdorlik 2 baravar qisqargan. Bu kompaniya 34 turdagi maxsus texnika olib, aholi va tadbirkorlarga 20 dan ortiq yangi xizmatlarni yo‘lga qo‘ygan.

 

Davlat rahbari bu tizimni kengaytirishni rag‘batlantirish kerakligini, yil yakunigacha boshqaruv kompaniyalari tomonidan xizmat ko‘rsatishni Toshkent shahrining barcha xizmat sifati past tumanlarida joriy etish zarurligini ta’kidladi. Xizmatlaridan aholi rozi bo‘lgan shirkatlar va uy-joyni bevosita boshqaruvchilar bundan mustasno ekaniga alohida e’tibor qaratildi.

 

- Bu ishlarni tizimli tashkil etishimiz lozim. Axir bu odamlarimizning kundalik muammolari, ularni hal etmasak, xalqimiz bizdan rozi bo‘lmaydi, - dedi Prezident.

 

Buning uchun maxsus ishchi guruh joylarga chiqib, uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyati, aholi fikrlarini o‘rganadi,  shirkatlar va boshqaruv kompaniyalarining moliyaviy muammolarini hal etib boradi.

 

Faoliyati va moliyaviy ahvoli qoniqarsiz bo‘lgan shirkatlar hududini ochiq tanlov asosida boshqaruv kompaniyalariga berish masalasini o‘rganish topshirildi.

 

Umuman, uy-joy boshqaruv kompaniyalariga muayyan imtiyoz va yengilliklar berilishi qayd etildi. Jumladan, ular foyda va mulk solig‘idan ozod etiladi, ijtimoiy ob’yektlarga autsorsing asosida xizmat ko‘rsatish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzishga ruxsat beriladi, maxsus texnika va uskunalar sotib olishga 90 milliard so‘m kredit ajratiladi va foizlarining bir qismi qoplab beriladi, import qilinadigan uskuna va texnikalarga bojxona bojlari kelgusi 3 yilda “nol” stavkada qo‘llaniladi, tugatilayotgan shirkatlarning muammoli kreditlari 3 yilga muzlatiladi.

 

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga bunday ishlarni barcha hududlarda tashkil etish vazifasi qo‘yildi.

 

Taqdimotda 2022 yilda issiqlik ta’minoti tizimida amalga oshiriladigan loyihalar to‘g‘risida ham ma’lumot berildi.

 

Xususan, joriy yilda 10 ta qozonxonani modernizasiya qilish va 2 ta yangi qozonxona qurish, 120 kilometr issiqlik tarmoqlarini yangilash, natijada 24 ming 400 ta xonadon va 51 ta ijtimoiy soha ob’yektlarining issiqlik energiyasi ta’minotini yaxshilash rejalashtirilgan.

 

Davlat rahbari har bir mahallaning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy markazi bo‘lishi kerakligini aytgan edi.

 

Taqdimotda shu borada Toshkent shahrida amalga oshiriladigan ishlar haqida axborot berildi. Qayd etilganidek, mahallalarda bolalar va sport maydonchalari quriladi, yo‘laklar tartibga keltirilib, daraxtlar ekiladi. Buning uchun 579 ta mahallaning har biriga byudjetdan 1 milliard so‘mdan ajratilgan.

 

Prezident bu mablag‘dan samarali foydalanish, zarur bo‘lsa, mahalliy byudjetdan qo‘shimcha resurs yo‘naltirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Boshqaruv kompaniyalarini jalb qilib, 2 mingta ko‘p qavatli uylarni joriy va kapital ta’mirlash kerakligi aytildi.

 

Ma’lumki, yurtimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalga oshirilmoqda. Xususan, bu yil poytaxtimizda 1 million tup manzarali va mevali daraxtlar ekish rejalashtirilgan. Taqdimotda shu boradagi ishlar haqida tumanlar va ko‘chalar kesimida ma’lumot berildi.

 

Taqdimotda Milliy bog‘ hududida barpo etilishi rejalashtirilgan Davlat san’at muzeyi loyihasi, xususan, dunyoga mashhur “Atelye Brukner” arxitektura byurosi tomonidan tayyorlangan ko‘rgazmalar, ekspozisiyalar va boshqa xonalarning joylashuvi rejasi ko‘rib chiqildi.

 

Geologiya sohasida amalga oshiriladigan ishlar taqdimotida yuqori texnologik metallar qazib chiqarish rejalari bayon qilindi. Jumladan, mis, noyob metallar, magniy, litiy va grafit zaxiralarini o‘zlashtirish, uglevorod xomashyosi bo‘yicha qidiruv ishlarini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Davlat rahbariga mamlakatimiz kimyo sanoatida amalga oshiriladigan loyihalar to‘g‘risida ham axborot berildi.

 

Xususan, umumiy maydoni 31 gektardan ortiq “Chirchiq” kimyo industrial texnoparki barpo etilmoqda. 2022 yilda texnopark hududida jami 16,5 million dollarlik loyihalarni amalga oshirish, jumladan, polimer termoelastoplast komponentlari, ko‘piktirilgan polipropilen, mikrobiologik preparatlar, qog‘oz, kosmetika mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish mo‘ljallangan.

 

Toshkent viloyatida fosforli va murakkab turdagi mineral o‘g‘itlar, “Navoiyazot” negizida esa kaliy nitrat va sulfat, metanoldan propilen va boshqa kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish, sohaga raqamli texnologiyalarni joriy qilish, Kimyoviy ilmiy-ishlab chiqarish va ta’lim klasterini tashkil etish loyihalari ko‘rib chiqildi.

 

Mutasaddilarga taqdimot qilingan loyihalarni o‘z vaqtida va samarali amalga oshirish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Import qilinadigan uskunalarga bojxona bojlari kelgusi 3 yilda “nol” stavkada qo‘llaniladi | Zamon.uz