Toshkentda ayiq qafasiga tashlangan qizcha shifoxonadan chiqdi
SSV ma’lumotiga ko‘ra, uning tibbiy ko‘riklari ijobiy natija ko‘rsatgan.

Joriy yilning 28-yanvar kuni Toshkent hayvonot bog‘ida onasi tomonidan ayiq qafasiga tashlangan qizaloq bugun shifoxonadan uyiga qaytdi. Bu haqda SSV ma’lum qildi.
Xabarga ko‘ra, bugun qizaloqning barcha tibbiy ko‘riklari ijobiy natija ko‘rsatgan. Shuningdek, uning ruhiy holati me’yorida ekani inobatga olinib, yaqinlari hamrohligida uyiga ruxsat berilgan. Qizaloq hozircha buvisining qaramog‘ida bo‘ladi.
“Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan jajji bemor Z. A.ning 18 yoshga to‘lguniga qadar salomatligini doimiy nazorat qilish uchun Bolalar milliy tibbiyot markazi va uning direktori, tibbiyot fanlari doktori Alisher Sharipov shaxsan mas’ul etib belgilangan” – deyiladi xabarda.








