Buxoroda 16 yoshli qiz nima uchun o‘zini 7-qavatdan tashlamoqchi bo‘ldi?
Qiz bilan suhbatlashgan psixolog xulosasi ma’lum qilindi.

Bosh prokuror matbuot kotibining xabar berishicha, 2006-yilda tug‘ilgan qiz onasi bilan janjallashib, uni qo‘rqitish maqsadida 7 qavatli uyning tom qismiga chiqqan.
Qiz bilan suhbat o‘tkazgan psixolog o‘z tushuntirishida, qizning o‘z joniga qasd qilish maqsadi bo‘lmaganini, boshqalarni e’tiborini o‘ziga jalb qilish maqsadida shu holatni sodir qilganini, shu sababli 1 soat davomida uyning tom qismida o‘z joniga qasd qilmasdan qolib ketganini bildirgan.
“Holat yuzasidan Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.








