Hafta o‘rtalarida respublikada kuchli yomg’ir yog’ishi kutilmoqda
Shuningdek, ayrim viloyatlarda sel kelish xavfi e’lon qilindi.

O’zgidromet xabariga ko’ra, 23–25 fevral kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning quyidagi hududlarida sel kelish xavfi mavjud:
– Qashqadaryo viloyati: Yakkabog, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzar, Koson, tumanlarida;
– Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod, Zafarabod tumanlarida;
– Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqorg‘on tumanlarida;
– Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattago‘rg‘on tumanlarida.
“Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz”– deyiladi xabarda.








