Ko‘plab yirik avikompaniyalar Ukrainaga parvozlarni bekor qilmoqda
“Ryanair” esa “osmonda snaryadlar uchmaguncha” Ukrainaga va u yerdan qaytish parvozlarni davom ettirish niyatida.

Ispaniyaning “Vuyeling” loukoster aviakompaniyasi va Fransiyaning "Air France" aviakompaniyalari Rossiyaning bosqinchilik xavfi tufayli Ukrainaga borish va qaytish reyslarini bekor qilgan kompaniyalar qatoriga qo‘shildi.
Bu haqda Korrespondent.net xabar qildi.
Ayni paytda Ukraina va Yevropaning muhim shaharlari o‘rtasida havo aloqasi taʼminlangan. Bundan avval esa “Lufthansa” ham reyslarni vaqtincha bekor qilgan edi.
Germaniya aviatashuvchisi Ukrainaga boradigan yo‘lovchilarni tashish imkoniyatini "Star Alliance"ga aʼzo kompaniyalar (LOT, SAS, Turkish Airlines va boshqalar) va boshqa hamkorlarga o‘tkazish jarayonida.
“Ryanair” loukoster aviakompaniyasi esa “osmonda snaryadlar uchmaguncha” Ukrainaga va u yerdan qaytish parvozlarni davom ettirish niyatida.







