O'zbekiston

Lavozimidan ozod etilgan sudyalar shaxsi birinchi marta ochiqlandi

Shuningdek, so’nggi ikki oyda 48 nafar sudya intizomiy javobgarlikka tortilgan.

Lavozimidan ozod etilgan sudyalar shaxsi birinchi marta ochiqlandi

 


Sudyalar oliy kengashi raisining matbuot kotibi Tursunali Akbarovning ma’lum qilishicha, so‘nggi 40 kun ichida jami 48 nafar sudya intizomiy javobgarlikka tortilgan. Shuningdek, 14 nafar sudya vazifasidan ozod etilgan. Ularning 5 nafari o‘z xohishiga ko‘ra, 9 nafari odil sudlovni va sudyalik qasamyodini buzgani uchun ishdan olingan.

 

 

Sudyalar Oliy kengashi rasmiy sahifasida e’lon qilingan ma’lumotlarga ko’ra,  joriy yil 7-yanvar kuni faoliyatida mas’uliyatsizlikka va protsessual qonun normalari buzilishiga yo‘l qo‘ygani uchun quyidagi shaxslar intizomiy jazoga tortilgan:


– Oliy sud sudyasi Faxriddin Xalilov;
– Oliy sud sudyasi Sanobar Mamadaliyeva;
– Farg‘ona viloyat sudi raisining o‘rinbosari – fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi Oybek Hasanov;
– Toshkent viloyat sudi raisining o‘rinbosari – jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi Umidjon Rasulberdiyev;
– Farg‘ona viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining raisi Ulug‘bek Oripov.

 

 

14-15-fevral kunlari mas’uliyatsizligi uchun quyidagi sudyalar javobgarlikka tortilgan:


– Xorazm viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Xonqa tuman sudining raisi M. Hasanova;
– Navoiy viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudining raisi Sh.Togoyev.

 

 

Bundan tashqari, 19-fevralda O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi qarori bilan: 


– Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Zangiota tuman sudining raisi O‘ktam Xoliqov;
– Toshkent viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi Xilola Begaliyeva;
– Andijon viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘rg‘ontepa tuman sudining raisi Isoqboy Ergashev;
– Buxoro viloyati Buxoro tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi Ma’ruf Saidovlar o‘z arizalariga ko‘ra, lavozimlaridan ozod etilib, vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan.

 

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Lavozimidan ozod etilgan sudyalar shaxsi birinchi marta ochiqlandi | Zamon.uz