O'zbekiston

“Mavsum juda ham qiziqarli o‘tishiga 100 foiz ishonyapmiz”

O‘zbekiston professional futbol ligasi mavsum oldidan nimalarni va’da qilmoqda?

“Mavsum juda ham qiziqarli o‘tishiga 100 foiz ishonyapmiz”

 

Xabaringiz bor, 27-fevral kuni Farg‘ona viloyatining Yaypan shahridagi O‘zbekiston stadionida futbol bo‘yicha O‘zbekiston super kubogi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda o‘tgan mavsum chempioni “Paxtakor” kubok sohibi “Nasaf” klubi bilan to‘qnash keladi. Shu tariqa 2 mart kunida O‘zbekiston Superligasining navbatdagi mavsumiga start beriladi. 11 fevral kuni qur’a natijalariga ko‘ra barcha jamoalar o‘z raqiblarini bilib olishgandi. 


PFL chempionat oldidan muxlislar uchun qanday yangiliklarga qo‘l urgani va klublarning imkoniyat hamda kamchiliklari haqida qiziqdik. Shu munosabat bilan PFL bo‘lim boshlig‘i Zoxirjon Akramxonovga yuzlandik. 

 

Tashkilot yangi mavsum oldidan muxlislarga nimalarni va'da qilgan?


Shu kunlarda yangi mavsumga juda qizg‘in tarzda tayyorgarlik olib boryapmiz. PFL o‘zining yo‘nalishida ishlarni amalga oshirmoqda. Bu yil bir qator yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish rejamizda bor. Mazkur mavsum juda ham qiziqarli o‘tishiga 100 foiz ishonyapmiz.

Chempionlikka yaqqol nomzod yo‘q. Bir-nechta jamoalar g‘alaba uchun kurashishi mumkin. 2022 yilda lisenziyalash jarayonini yanada takomillashtirmoqdamiz. Yangi mavsum oldidan Superliga klublarining OFK lisenziyasini olishi majburiy qilib qo‘yildi. Agar bu lisenziyani qo‘lga kiritolmasa Superligani tark etadi. Klub lisenziyadan o‘tish orqali o‘zining infratuzilmasini va moliyaviy imkoniyatlarini barqaror qilib oladi. Biz bu bo‘yicha klublarga qat’iy talablar qo‘ymoqdamiz. Klubning lisenziyalash jarayonidan o‘tishi uning professional darajada faoliyat ko‘rsatishiga turtki bo‘ladi. Avvallari jamoalar mavsum davomidagi xarajatlar smetasini o‘zlari tasdiqlashar edi. Bu yildan e’tiboran O‘zbekiston futbol asssosiasiyasi va O‘zbekiston professional futbol ligasi hamkorligida maxsus komissiya tuzilgan. Ular klublardan xarajatlar smetasini ko‘rib chiqadi. Bu komissiya bironta klubni moliyaviy holatini yanada yaxshilash va qo‘llab-quvvatlash uchun xizmat qiladi. Komissiya zimmasiga Superliga klublarining akademiyasi, stadionlarida yoritish moslamalari, jamoalar bazasining mavjudligi kiritilmoqda. O‘tgan yildan yana bir yangilikka qo‘l urdik. Endi chempionat yoz oylarida kechgi vaqtda o‘tkazilishi doimiy ta’minlanadi. Bu bo‘yicha stadionlarimizda muammolar kuzatilmaydi. 


Stadionlar bilan bog‘liq muammolar doim kuzatilgan. Bu yil ham mazkur kamchiliklar uchraydimi?


Stadionlarga bog‘liq muammolar har doim bo‘lib kelgan. PFL bu kamchiliklar ustida ham ish olib boryapti. O‘tgan yili Superliga o‘yinlarining translasiya jarayonlarini, tashkiliy ishlarini hamda homiylar bilan ishlash masalalarini hal qilishga erishdik. Bu yilda maydon, yoritish moslamalari va shu kabi muammolarga qat’iy talablarni qo‘ymoqdamiz. Mana shu kamchiliklari bor jamoalar uy uchrashuvlarini o‘tkazishga ro‘xsat berilmayapti. “Qizilqum” hozirda maydoninida qurilish olib boryapti, shuning uchun jamoa Olmaliq stadionida o‘ynab turadi. Surxon yoritish moslamalarini to‘g‘rilayapti, shu sabab jamoa uy uchrashuvlarini Samarqandda o‘tkazib turadi. “Neftchi” va “Qo‘qon-1912” jamoalari maydonida ham ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Shu sabab klublar o‘yinlarni Yaypandagi O‘zbekiston stadionida o‘tkazadi. Ular mavsumning birinchi yarmiga qadar bu kamchiliklarni to‘g‘irlab olishadi. Mavsum oxirigacha maydonlar bilan bog‘liq muammolar 100 foiz bartaraf etiladi. 


Kelishilgan o‘yinlarning oldi qanday olinyapti?


Kelishilgan o‘yinlar bo‘yicha O‘FA qoshida inspeksiya ochilgan. Ular muntazam kelishilgan o‘yinlarga nisbatan kurash olib borishadi. Hamda shunday holat aniqlangan taqdirda, bularga jazo qo‘llashni amalga oshiradi. So‘nggi yilarda kelishilgan o‘yinlar kamayib bormoqda. Ushbu inspeksiya har mavsum oldidan klublarga bu masalada o‘quv-seminarlarini tashkil etib kelmoqda. 


Stadionlarimiz muxlislar bilan qachon to‘ladi?

 

Muxlislarning o‘yinlarga tashrifi futbol uchun eng ustuvor maqsad hisoblanadi. PFL klublarga muxlislar bilan qay tartibda ishlash imkoniyatini berib qo‘yibdi. Endi jamoalarning o‘zi ham muxlislar masalasida yangi g‘oyalarni ishlab chiqishi kerak bo‘ladi. Pandemiya davrigacha muxlislar tashrifi o‘sishni boshlagan edi. Agar karantin holatlari yakunlansa ularni jalb etish uchun yangi loyihalarni amalga oshiramiz. Ishqibozlarni stadionlarga kelishini oshirish uchun klublarning timsoli bo‘lishi kerak. Xuddi Paxtakorda sher timsoli bo‘lgani kabi. Yoki maydonda turli aksiyalar tashkil etsa bo‘ladi.

 

Jamshidbek Amirov

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

“Mavsum juda ham qiziqarli o‘tishiga 100 foiz ishonyapmiz” | Zamon.uz