O'zbekiston

Albatta, qiyin bo‘ladi. Lekin biz bir oilamiz – Shavkat Mirziyoyev

Prezident Nukus shahridagi “Chimboy guzari” mahallasida bo‘ldi.

Albatta, qiyin bo‘ladi. Lekin biz bir oilamiz – Shavkat Mirziyoyev

 

Aholining turmush sharoitlarini ko‘rish uchun aynan shu joyga kelingani bejiz emas. Odamlar bu yerga 2000-yillardan o‘rnasha boshlagan. Uylar rejasiz qurilgani sababli ko‘chalar tartibsiz bo‘lib qolgan, elektr energiyasi va ichimlik suvi yetishmasdi. 

 

Hozirga kelib mahalla aholisi 14 mingdan oshgan. Bu yerda ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash masalasi dolzarb bo‘lib bordi. Va hudud yaqinda «Obod mahalla» dasturi doirasida obodonlashtirildi. Ko‘chalar ta’mirlanib, piyodalar yo‘lakchasi qurildi.

 

Transformator va ustunlar o‘rnatilib, elektr tarmoqlari tortildi. Ariqlar tozalanib, daraxtlar ekildi.

 

Mahallada ish joyi va tibbiy xizmat yo‘q edi. Shu bois yengil konstruksiyadan to‘qimachilik korxonasi tashkil etildi. Bu yerda 300 dan ortiq xotin-qiz ish bilan ta’minlandi. Davlat rahbari tashrif chog‘ida ular bilan suhbatlashdi.

 

- Mahalladagi o‘zgarishlarni, sizlarning ishli bo‘lganingizni ko‘rib, xursand bo‘ldim. Qo‘lida hunari bor ayolning kayfiyati yaxshi, oilasi ham barqaror bo‘ladi. Bunday ishlarni hali ko‘p qilishimiz kerak. Albatta, qiyin bo‘ladi. Lekin biz bir oilamiz. Birlashib, hamma rejalarni amalga oshira olamiz, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Prezident bu yerda mahalla markazi qurish, shahardagi boshqa og‘ir hududdarni ham obod qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. 

 

Shu yerdagi tibbiy xizmat punkti ham ko‘zdan kechirildi. Qoraqalpog‘istonda yangi klinikalar qurish, tibbiyot klasterlari tashkil etish rejalari muhokama qilindi.  

 

Mahallaning “Ko‘ktepa” ko‘chasidagi 8 ta uy namunaviy xonadonga aylantirilgan. Hovlilar tartibga keltirilib, issiqxonalar qurilgan. Prezident ulardan biri - Gabit Jusupov xonadonida mehmon bo‘ldi.

 

- Kechadan beri Qoraqalpog‘istonning eng uzoq, eng og‘ir hududlariga boryapmiz. Hozir menga aytishdi: Nukusda sharoiti yomon yana yettita mahalla bor ekan. Ularni ham obod qilish, yo‘lini, suvini, elektrini to‘g‘rilash bo‘yicha rejalarni belgiladik, - dedi davlat rahbari.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Albatta, qiyin bo‘ladi. Lekin biz bir oilamiz – Shavkat Mirziyoyev | Zamon.uz