Urush tugaydimi?
Ukraina tinchlik yo‘liga qaytishga chaqirmoqda

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy tinchlik yo‘liga qaytishni taklif qildi.
"Urush yo‘lini Ukraina tanlamadi. Ammo Ukraina tinchlik yo‘liga qaytishni taklif qiladi", - dedi Zelenskiy o‘zining videomurojaatida.
Ma’lumot o‘rnida: Rossiya 24-fevral kuni Ukraina sharqida maxsus operasiya o‘tkazishni boshladi. Hozirda Ukrainaning ko‘plab harbiy ob’yektlariga aviazarbalar berilgan. Odessaga Rossiya desanti tushirilgani aytilmoqda.
Bir muddat oldin Ukraina Oliy radasining 7 nafar deputati Zelenskiyni zudlik bilan Rossiya bilan muzokara qilishga chaqirgan.
Murojaatda deputatlar qurolli to‘qnashuvda g‘oliblar bo‘lmasligini ta’kidlagan. Bundan tashqari ular kuchlar teng emasligi va tashqi yordam yo‘qligini tan olgan.








