26–28-fevral kunlari Chimyonda qor ko’chish xavfi e’lon qilindi
O’zgidromet bu bo’yicha shoshilinch axborot bilan chiqdi.

Ma’lum qilinishicha, 2022-yil 26–28-fevral kunlari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Chotqol tizmasining Chimyon tog‘lari tabiiy hududi bo‘ylab qor ko‘chishi mumkin.
Shuningdek, fevral oyining oxirgi kunlarida O'zbekistonda qish fasliga xos bo'lmagan iliq harorat kuzatiladi.
27-fevral kuni Kasbiy dengizi hududlaridan nam havo kirib kelishi hisobiga yakshanba kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatining ba'zi joylarida biroz yomg'ir yog'ishi mumkin.








