Jahon

Abdulla Aripov boshchidigidagi delegatsiya Nur-Sulton shahriga tashrif buyurdi

Tashrif davomida delegatsiya Yevroosiyo hukumatlararo kengashining navbatdagi yig‘ilishida kuzatuvchi davlat maqomida ishtirok etgan.

Abdulla Aripov boshchidigidagi delegatsiya Nur-Sulton shahriga tashrif buyurdi

 

Yig‘ilishda pandemiyaga qaramay O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 2021yilda 30 foizga o‘sib, 12,8 milliard dollarni tashkil etgani qayd etilgan.

 

Savdo aylanmasi hajmini yanada oshirish maqsadida Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi bilan tizimli va samarali ish olib borilmoqda. O‘zbekiston hukumati va YOII o‘rtasidagi qo‘shma “Yo‘l xaritasi”ni kelishish ishlari yakuniga yetkazilmoqda. Mazkur hujjat O‘zbekistonning tegishli organlari bilan Komissiyaning savdo, sanoat, bojxona, moliya va soliq sohalarida, shuningdek, energetika, texnik jihatdan tartibga solish, dori vositalari va tibbiy uskunalar muomalasi sohalarida yaqindan hamkorlik qilishga qaratilgan bir qator aniq chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi.

 

Yig‘ilishda O‘zbekistonning YOII doirasida amalga oshirilayotgan elektron tijoratni rivojlantirish, savdo tartibini raqamlashtirish, Yevroosiyo Agroekspress logistika loyihasi va ekologiya masalalari bo‘yicha hamkorlik qilish hamda Markaziy Osiyo mintaqasida transport imkoniyatlaridan keng foydalanish singari bir qator tashabbuslari ilgari surildi.

 

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev delegasiyalar rahbarlari qabul qildi.

 

Shuningdek, O‘zbekiston delegasiyasining Qozog‘istonga tashrifi doirasida ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazildi.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Abdulla Aripov boshchidigidagi delegatsiya Nur-Sulton shahriga tashrif buyurdi | Zamon.uz