NATO Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha murojaat bilan chiqdi
Tashkilot Ukrainaga siyosiy va amaliy yordam ko‘rsatishni davom ettiradi.

Shuningdek, xalqaro tashkilot o'z murojaatida quyidagilarni ma'lum qilgan:
– NATO davlatlari Rossiyaning Ukrainadagi xarbiy xarakatlarini muxokama qilmoqda va Rossiyadan xarbiy xarakatlarni zudlik bilan to‘xtatib, Ukrainadan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketishini so‘ramoqda.
– NATO favqulodda holatlarda alyans davlatlarini himoya qilish maqsadida mudofa rejasini ishga tushirdi.
– NATO Ukrainaga siyosiy va amaliy yordam ko‘rsatishni davom ettiradi.
– NATO Rossiyaning Ukrainadagi harakatlari fonida mudofa maqsadida barcha ishlarni amalga oshiradi.
– NATO Rossiyaning Ukrainadagi harakatlari sababli o‘z xarbiy kuchlarini Yevropada joylashuvini qayta ko‘rib chiqadi.
– NATO Belorussiya qo‘llovidagi Rossiyaning Ukrainadagi harbiy xarakatlarini "Yevroatlantika xavfsizligiga ulkan xavf" deb atadi.








