Jahon

Xitoy Rossiyaning Ukrainaga hujumini bosqin deb hisoblamaydi

Rossiyaga nisbatan joriy etilayotgan sanksiyalarni esa qoralaydi.

Xitoy Rossiyaning Ukrainaga hujumini bosqin deb hisoblamaydi


Xitoy hukumati Rossiyaning Ukrainadagi harbiy amaliyotini bosqinchilik deb tan olmasligini ma'lum qildi va Kremlni tanqid qilishdan tiyilmoqda. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Van Venbin izohiga tayanib, Reuters xabar berdi. 

 

Pekin barcha mamlakatlarning hududiy yaxlitligini hurmat qilishini tasdiqladi, biroq Ukraina masalasini “qiyin va alohida tarixiy asosga ega” deb hisoblaydi.

 

25-fevral, juma kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Venbin “Rossiyaning qonuniy xavfsizlik xavotirlarini tushunamiz” deb aytgan.

 

Shuningdek, Xitoy tomoni Rossiya Federatsiyasiga nisbatan sanksiyalar siyosatini qo‘llab-quvvatlamaydi.

 

"Sanksiyalar hech qachon muammoni hal qilishning samarali vositasi bo'lmagan. Umid qilamizki, tegishli tomonlar muloqot va maslahatlashuvlar orqali muammolarni hal qilish uchun harakat qilishlari mumkin", - dedi Xitoy TIV vakili.

 

Avvalroq Gruziya Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qo‘shilmasligi ma’lum qilingandi. Bosh vazir Irakliy Gariboshvilining aytishicha, bu Gruziya milliy manfaatlariga ziddir.

 

Eslatib o'tamiz, dunyoning  aksariyat davlatlari Rossiyaning harbiy tajovuzini qoraladi. Qo'shma Shtatlar va G7 davlatlari Kremlga qarshi "tortishuvchi sanksiyalar" bo'yicha kelishib oldi.

 

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Xitoy Rossiyaning Ukrainaga hujumini bosqin deb hisoblamaydi | Zamon.uz