Biz ularning rejasini buzdik – Zelelskiy
Ukraina Prezidenti o‘z xalqiga murojaat bilan chiqdi.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy xalqiga qaratilgan yana bir videomurojaat bilan chiqib, Kiyev va poytaxt atrofidagi muhim shaharlar armiya nazorati ostida ekanini ma’lum qilgan.
"Biz dushman hujumlariga bardosh berdik va buni muvaffaqiyatli uddaladik. Shtatning ko‘plab shahar va tumanlarida janglar davom etmoqda. Lekin biz nimani himoya qilayotganimizni bilamiz – yurt, yer, bolalar kelajagini. Kiyev va poytaxt atrofidagi muhim shaharlar bizning armiyamiz nazorati ostida. Bosqinchilar davlatimiz markazini to‘sib, Doneskdagidek qo‘g‘irchoqlarini bu yerga ham qo‘ymoqchi bo‘ldi. Biz ularning rejasini buzdik", deyiladi murojaatda.
Avvalroq Ukraina bosh vaziri Mixail Federovning Ilon Maskdan yordam so‘rab, murojaat qilgani haqida xabar berilgan edi.








