Endi navbat Belarusga
Avstraliya Belarusga qarshi sanksiyalarni ishlab chiqmoqda.

Avstraliya hukumati Ukrainadagi vaziyat tufayli Belaruslik qator siyosatchilarga qarshi sanksiyalar ishlab chiqishga kirishdi. Bu haqda mamlakat TIV Maris Peyn eʼlon qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Avstraliya "Rossiya harbiylarining Ukrainaga bostirib kirishiga sharoit yaratgan asosiy shaxslarga" nisbatan cheklov choralari eʼlon qilinadi.
"Harbiy hujum xalqaro huquqni eng qo‘pol buzishdir. Bu BMT ustavini buzish va suverenitet hamda hududiy yaxlitlikka dahldir", - deydi Maris Peyn.
Rossiya LXR va DXR mustaqilligini tan olib, Ukrainada harbiy operatsiyani boshlashi bilan ketma-ket sanksiyalarga duch kelmoqda.







