Farg’onada prokuror tuman hokimi bo’ldi
Xalq deputatlarining navbatdan tashqari sessiyasida Oltiariq tumaniga yangi hokim tayinlandi.

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov ishtirokida Xalq deputatlari Oltiariq tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida bo’lib o’tdi.
Unda shu paytgacha Rishton tumani prokurori bo‘lib ishlab kelgan Turdaliyev Shamsiddin Asqaraliyevich Oltiariq tumani hokimi etib tayinlangan.
Shamsiddin Turdaliyev 1979 yilda Bag‘dod tumanida tug‘ilgan, O‘zbekiston Milliy universitetini huquqshunoslik yo‘nalishini tamomlagan. Hozirda adliya katta maslahatchisi unvoniga ega.
Eslatib o’tamiz: Oltiariq tumani hokimi bo‘lib ishlab kelgan Xolmirza Niyozov joriy yil 7 fevralda Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlangandi.
Avvalroq Qashqadaryo viloyatiga yangi hokim tayinlangani xabar qilingandi.








