Ukraina bosh vaziri Ilon Maskdan yordam so‘radi
U o‘z murojaatida Ukrainani Starlink stansiyasi bilan ta’minlashni iltimos qilgan.

Ijtimoiy tarmoqda Ukraina bosh vaziri Mixail Federovning Rossiya bosqinidan xalos bo‘lish uchun Ilon Maskdan yordam so‘ragani aks etgan posti e’lon qilindi.
"Siz Marsni mustamlaka qilishga urinayotganingizda Rossiya Ukrainani bosib olishga harakat qildi! Sizning raketalaringiz koinotga muvaffaqiyatli qo‘nayotganda Rossiya raketalari Ukraina fuqarolariga hujum qilmoqda! Sizdan Ukrainani Starlink stantsiyalari bilan ta’minlashingizni so‘raymiz”, deyilgan xabarda.








