Biz Ukraina xalqini chuqur hurmat qilamiz – Ramzan Qodirov
Checheniston rahbari Rossiya bilan Ukraina o’rtasidagi ziddiyatlar haqida gapirdi.

Checheniston rahbari o’z videomurojaatida ta’kidlashicha, rus qo‘shinlari Ukrainaga tinch aholiga qarshi jinoyatlarni to‘xtatish uchun borgan.
“Barcha savollar faqat Bandera millatchilari va Checheniston Respublikasi aholisi o‘ldirilganidan keyin bu yerdan qochib, o‘sha yerga yashiringan terrorchilarga tegishli. Biz ukrainaliklar yaxshi munosabatda bo‘lamiz va, albatta, Ukraina harbiy xizmatchilari bilan bizda hech qanday muammo yo‘q. Yana bir bor takrorlayman: biz Ukraina xalqini chuqur hurmat qilamiz, bu mamlakatni yaxshi ko'ramiz”, – degan Ramzan Qodirov.
Avvalroq Ramzan Qodirovning Instagram akkaunti bloklab qo’yilgani xabar qilingandi.








