Bugun Toshkent shahrida Xalqaro ShHT marafoni bo’lib o’tadi
Poytaxtning ayrim ko’chalarida avtomobil harakati 3 soatga cheklanadi.

SHHT bayrog‘i ostida o‘tkazilayotgan yarimmarafonda turli mamlakatlardan minglab odamlar, jumladan professional sportchilar, havaskor yuguruvchilar, sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotchilari qatnashishi kutilmoqda.
Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan yarimmarafonda ishtirokchilar 3 km va 21,0975 km masafani bosib o‘tadi.
Yarimmarafon yo‘nalishi Toshkentning Afrosiyob va Beshyog‘och ko‘chalari chorrahasido‘an boshlab, Nukus, Abdulla Qodiriy va Abay ko‘chalari bo‘ylab davom etadi.
Save Aral-2022 Xalqaro xayriya marafonining uchinchi mavsumi doirasida 27-fevral kuni bo‘lib o‘tadigan ommaviy yugurish munosabati bilan Toshkentning bir necha ko‘chalari 8:30 dan 11:30 gacha qisman yopiladi.
Xususan:
- Islom Karimov va Afrosiyob ko‘chasi kesishmasidan Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab Sharof Rashidov ko‘chasi kesishmasigacha;
- Sharof Rashidov ko‘chasidan Afrosiyob ko‘chasi kesishimasigacha va undan shu ko‘cha bo‘ylab Islom Karimov ko‘chasi kesishmasigacha.








