O'zbekiston

Erki o’z qo’lida bo’lmagan Dildora Rustamova, bolaligiga kosmonavt bo’lishni orzu qilgan Ulug’bek Rahmatullayev va boshqalar..

San’atkorlarning mashhurlik ortidagi mashaqqatlari haqida.

Erki o’z qo’lida bo’lmagan Dildora Rustamova, bolaligiga kosmonavt bo’lishni orzu qilgan Ulug’bek Rahmatullayev va boshqalar..

 

San’at ahli uchun doimiy el-yurt nazarida bo‘lish bu katta baxt. Bu baxtni ushlab qolish esa katta mashaqqat talab etadi. Bugun san’at yo‘lida mana shu chig‘iriqlardan o‘tib, o‘z “men”ini topa olgan insonlar haqida gapiramiz.

 

Ular bugun mashhurlar orasida birinchilar  qatorda turadi. Ular o‘zlari tanlagan yo‘llarida duch kelgan turli qiyinchiliklarni yengib o‘tgan. Doim o‘z ustida ishlab mehnat qilgan, og‘riqlar kelsa, sabr bilan yenggan.  

 

Sahna muqaddas joy (Farrux Zokirov)

 

– San’atkorlar oilasida tug‘ilganman.  Yoshligimdan doim otam Karim Zokirov kabi inson bo‘lishga intilganman. Otam men uchun yuksak iste’dod egasi va mehribon inson  edi.  Umrim davomida juda ko‘p unvonlar, mukofotlar bilan taqdirlandim. Lekin ularning orasida eng ulug‘ mukofot –  Karim Zokirovning farzandi  ekanligim. Otam menga sahna  muqaddas joy ekanligini, uning o‘ziga yarasha talablari borligini ko‘p aytardilar. Ularning o‘gitlariga doim quloq solishga harakat qilganman. 

 

Umrim davomida juda ko‘p mamlakatlarda bo‘ldim, turli xalq vakillari bilan suhbatlashdim, do‘st tutindim.  Ammo bir narsani aniq ayta olamanki, O‘zbekistonning mahallalariga yetadigan joyni hech qayerda uchratmadim. Mahalla hammamizga hayot maktabi vazifasini o‘taydi. Masalan, erta bahorda bolalar bilan varrak uchirish, lanka, chillak  o‘yinlari – bularning hammasida qandaydir mazmun bor. U ongimizga, dilimizga singib ketgan.  Meni ijodiy yutuqlarga erishishimda mahallaning hissasi katta.

 

San’atdan voz kecholmadim – Bekzod Muhammadkarimov 


– Sana’tkorlikdan tashqari boshqa kasblar bilan shug‘ullanganman.  Hatto Amerikaga ham borib yashab keldim.  Ammo san’at baribir  har qadamda ortimdan soyadek ergashib yurdi. San’atsiz yasholmasligimni his qildim. Faoliyatim davomida juda katta mashaqqatlarni yengib o‘tdim. Menga harbiy qismda katta lavozim va yaxshi oylik maosh  ham taklif qilishgan. Ammo men undan voz kechganman.  Oyligi kam bo‘lsa ham, o‘zim sevgan kasbni tanlaganman. Vaqti kelib bu  qarorimdan afsuslangan vaqtim ham bo‘ldi. Undan ko‘ra, pul topadigan ish qilsam bo‘lmasdimi deb o‘zimni-o‘zim ko‘p koyiganman. O‘ylaymanki, odam doim o‘z sevgan kasbi bilan shug‘ullanishi kerak. Shunda qarshisidan chiqqan har qanday qiyinchiliklarni yengish  oson bo‘ladi.

 

Erkim hech qachon o‘zimda bo‘lmadi – Dildora Rustamova 


– Ota-onam san’atkor bo‘lgani uchun tanlagan kasbimda kerak bo‘lgan jihatlar: ovoz bilan ishlashi, nutq, talaffuzni toza bo‘lishi menga bolalikdan o‘rgatilgan. Bu borada alohida kimgadir shogird bo‘lishga ehtiyoj sezmaganman.  Ko‘pincha menga shu darajaga qanday erishdingiz deb savol berishadi. Men buning uchun ortiqcha harakat qilmadim.  Shunchaki qanday bo‘lsa, o‘zimni shunday tutdim, xolos. Ya’ni o‘z ichimdagi asl Dildorani hech qachon yo‘qotmadim. Shu bilan birga, qalbimni tubidagi ichki ovozga ham quloq soldim. Afsuski, erkim hech qachon o‘zimda bo‘lmadi. Farzandlarimning bolalik chog‘larida ular bilan birga bo‘lolmadim. Ular onam parvarishida bo‘lishdi. Ularni bolalik chog‘ida erkalatib birga bo‘lolmaganim meni judayam xafa qiladi.  Hech narsa o‘z-o‘zimdan bo‘lmaydi. Nimanidir baxsh qilasiz nimagadir erishasiz. Hayot shunday. Oladi va beradi.   

 

Yoshligimda shifokor bo‘lishni orzu qilganman – Ulug‘bek Rahmatullayev 


– Meni oilamda san’atkorlar bo‘lmagan. Shu sabab san’atga yo‘l topishda juda qiynalganman. Ota-onam bir kun kelib meni mashhur insonlar qatorida bo‘lishimga ishonishmagan. Lekin o‘zimga bo‘lgan ishonchim katta edi.  O‘zimni o‘qqa-cho‘qqa urib, odamlar e’tiborida bo‘lishga harakat qildim.

 

Yoshligimda  shifokor bo‘lishni istaganman. Ko‘cha-ko‘yda o‘lib qolgan qushlar yoki hayvonlarni  ko‘rsam  qutqarish uchun  harakat qilardim. Hatto boshimga chelak kiyib olib, kosmonavt bo‘lishni ham orzu qilganman. Ammo hayotda hamma narsa biz istagandek bo‘lavermas ekan.  

 

Doimiy e’tiborda  bo‘lish darajasiga yetgunimcha tuhmatlarga, sinovlarga  duch kelib  o‘zim istamagan holatlarga juda ko‘p tushganman. Endi ortga chekinish yo‘q, faqat va faqat olg‘a yuraman.

 

custom img

Qozog‘istonda YTHga uchragan 17 yoshli qiz O‘zbekistonga qaytarildi

Latviyada insultni boshdan kechirgan va Rossiyada qiyin ahvolga tushib qolgan fuqarolar ham vatanga qaytarildi.

custom img

O‘zbekistonda besh yil ichida oltin zaxirasi yana 879 tonnaga oshiriladi

Kumush zaxirasini 510 tonnaga, mis zaxirasini esa 676 ming tonnaga ko‘paytirish rejalashtirilgan.

custom img

O‘zbekistonda 2030-yilgacha geologiya va tog‘-kon sanoatiga 30 mlrd dollardan ortiq investitsiya jalb etiladi

Investorlarni jalb etish uchun Geologik ma’lumotlar milliy bazasini yaratish taklif etildi.

custom img

Sergelida kanalda oqib ketayotgan ikki qizaloqni temiryo‘l xodimi qutqarib qoldi

Xodimga “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rahbariyati tomonidan tashakkurnoma, esdalik sovg‘asi hamda pul mukofoti topshirildi.

custom img

Navoiyda Tico va yuk mashinasi to‘qnashib, bir kishi halok bo‘ldi

Tico haydovchisi ikkinchi darajali yo‘ldan chiqib kelib, asosiy yo‘ldagi transport vositasiga yo‘l bermagani oqibatida YTH sodir bo‘lgan.

custom img

Toshkent xalqaro investitsiya forumiga 99 ta mamlakatdan 8 mingdan ziyod ishtirokchi kelishi kutilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyevga 16-18 iyun kunlari o‘tkaziladigan beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik yuzasidan ma'lumot berildi.

custom img

Istanbulda 6 yoshli o‘zbekistonlik bola tramvay va bekat orasida qolib, halok bo‘ldi

Bolakay Turkiyaga ota-onasi va yaqinlari bilan birga sayohat uchun kelgan.

custom img

O‘zbekistonda “voyenkomat” lar tugatiladi

16 yoshga to‘lgan o‘g‘il bolalar ID-karta asosida avtomatik harbiy hisobga olinadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"