Rossiyaga qarshi sanksiyalar III Jahon urushining oldini olishga qaratilgan — Bayden
AQSH Prezidenti Rossiyaga nisbatan qo’llangan sanksiyalar haqida gapirdi.

Jo Baydenning so’zlariga ko’ra, Rossiyaga qarshi qattiq sanksiyalarning yagona muqobili – uchinchi Jahon urushi bo’lgan.
“Bizda ikki yo‘l bor edi: uchinchi jahon urushini boshlash, ya’ni Rossiya bilan jismoniy urushga kirishish yoki ikkinchi variant — xalqaro huquqqa zid harakat qilayotgan davlat qilgan ishining narxini to‘lashiga ishonch hosil qildirish”, degan AQSH Prezidenti.
Avvalroq G'arb davlatlari Rossiya banklarini SWIFT tizimidan uzishga qaror qilgani haqida xabar berilgandi.








