Jahon

Rossiyaning yadro qurolini shay holatga ketirish qarori urush avj olishini anglatadi – AQSh

Putin yadro qurolini ishga tushirish bilan tahdid qilmoqda.

Rossiyaning yadro qurolini shay holatga ketirish qarori urush avj olishini anglatadi – AQSh

 

AQShning BMTdagi elchisi Linda Tomas-Grinfild Vladimir Putinning yadro qurolini o‘z ichiga olgan to‘xtatuvchi kuchlarini shay holatga keltirish haqidagi buyrug‘ini qabul qilib bo‘lmas, deb atadi.

 

“Bu shuni anglatadiki, prezident Putin bu urushni mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydigan tarzda avj oldirishda davom etmoqda va biz uning harakatlarini eng kuchli tarzda to‘xtatishda davom etishimiz kerak”, degan u.

 

Eslatib o‘tamiz, 27-fevral kuni Putin chegara qo‘shinlarini maxsus jangovar navbatchilik rejimiga o‘tkazishni buyurgan edi. U bu qarorini NATO davlatlari rasmiylarining  bayonotlari bilan izohlagan.

 

“G‘arb davlatlari iqtisodiy sohada mamlakatimizga qarshi nafaqat nodo‘stona harakatlar qilishmoqda, balki NATOga a’zo yetakchi davlatlarning yuqori martabali amaldorlari ham bizga qarshi tajovuzkor bayonotlar bilan chiqmoqda”, — degan Putin.


27-fevralga o‘tar kechasi Yevrokomissiya rahbarlari:  Fransiya, Germaniya, Italiya, Buyuk Britaniya, Kanada va AQSh kuchli yangi iqtisodiy sanksiyalar to‘plamini e’lon qilishdi. Ular Rossiyaning ayrim banklarini SWIFT to‘lov tizimidan o‘chirish va taqiqlashni o'z ichiga oladi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Rossiyaning yadro qurolini shay holatga ketirish qarori urush avj olishini anglatadi – AQSh | Zamon.uz