Ukraina Rossiyani Xalqaro sudga berdi
Kiyev suddan noqonuniy hujumlarni zudlik bilan to'xtatish to'g'risida buyruq chiqarishni talab qilmoqda.

Ukraina Gaagadagi Xalqaro sudga Rossiya Federatsiyasiga qarshi da'vo arizasi berdi va sudning Rossiyaga nisbatan vaqtinchalik choralar ko'rish to'g'risidagi qarorini talab qildi.
Ukraina suddan favqulodda sud majlislarini o'tkazishni va Rossiyaga Ukrainaga qarshi harbiy harakatlar hamda noqonuniy hujumlarni zudlik bilan to'xtatish to'g'risida buyruq chiqarishni talab qilmoqda.
Sud Ukraina ishini ko'rib chiqish va Genotsid jinoyatining oldini olish va jazolash to'g'risidagi konventsiya asosida shoshilinch choralar ko'rish vakolatiga ega. Genotsid konventsiyasi bunga javoban ishlab chiqilgan eng muhim xalqaro shartnomalardan biridir.
Qayd etilishicha, Ukraina xalqi Rossiya agressiyasiga dadil qarshilik ko‘rsatishda davom etmoqda.
"Rossiyaning barcha yolgʻonlari fosh boʻladi va Rossiyaning xalqaro huquqni mensimasligi butun dunyo uchun tasdiqlanadi. Ishonchimiz komilki, Ukraina Rossiyani javobgarlikka tortadi", — deyiladi TIV bayonotida.








