Ukrainadagi o’zbek fuqarolarining qanchasi evakuatsiya qilindi?
Bu bo’yicha Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili ma’lumot berdi.

Xabar qilinishicha, O‘zbekistonning Ukrainadagi Elchixonasi taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, shu vaqtgacha 600 dan ziyod O‘zbekiston fuqarolari Polsha chegarasiga yetkazilgan.
Shuningdek, bugun Ukrainaning Lvov shahridan O‘zbekiston fuqarolaridan iborat navbatdagi guruh Ukraina-Polsha chegarasidagi “Krakoves-Karchova” nazorat-o‘tkazish punkti tomon yo‘lga chiqqan.
Bundan tashqari, O‘zbekiston fuqarolarini Polshadan mamlakatga qaytarish maqsadida “Uzbekistan Airways” AJ samolyotlarining o‘tishi uchun havo yo‘lagi bilan ta’minlash masalasi hal qilingan. Hozircha birinchi samolyotning O‘zbekistonga parvoz qilish 28-fevral kuniga rejalashtirilgan.








