AQSH Xitoy hududiy yaxlitligini hurmat qilmayapti — Van I
Xitoy bosh diplomati davlatlar tarixiy tanlov oldida turganini taʼkidladi.

Vashingtonning “yagona Xitoy” tamoyilini hurmat qilmasligi Xitoy va AQSH munosabatlarining murakkablashuviga sabab bo‘ldi. Bu haqda XXR tashqi ishlar vaziri Van I maʼlum qildi.
“Diplomatik munosabatlar o‘rnatilganidan buyon Xitoy-AQSH munosbatlari misli ko‘rilmagan muammolarga duch keldi. Bu o‘z navbatida dunyoning navbatdagi bo‘linishi yuzasidan xalqaro hamjamiyatda xavotir uyg‘otmoqda.
Ushbu vaziyatning vujudga kelishida asosiy sabab Shanxay Kommyunikesida belgilangan tamoyillarning hurmat qilinmasligi hisoblanadi.
Xitoy va AQSH yana tarixiy tanlov oldida turibdi: birga tinch-totuv yashash yoki nizo va qarama-qarshilikka qarab ketish, ochiqlik va hamkorlikka rioya qilish yoki yakkalanish hamda antagonizmga qaytish”, – degan diplomat.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yuqorida tilga olingan kommyunikedagi eng muhim nuqta Tayvan masalasi sanaladi. Unda vashington “yagona Xitoy” mavjudligini tan olgan.
Maʼlumot o‘rnida: Shanxay kommyunikesi – Xitoy va AQSH tomonidan 1972 yilda imzolangan hujjat. U Vashington va Pekin o‘rtasidagi munosabatlar yaxshilanishiga asos bo‘ldi. Bu yil uning imzolanganiga 50 yil to‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Van I Amerika bilan ochiq qarama-qarshilik shakllanishi mumkinligini maʼlum qilgandi.







