Jahon

Bayden Ukrainadagi urushning oldini olishi mumkin edi — Global Times

Shuningdek, muammoning yechimi NATO qo‘lida ekanligi maʼlum qilindi.

Bayden Ukrainadagi urushning oldini olishi mumkin edi — Global Times

 

Xitoyning Global Times nashri AQSHni Ukrainadagi nizo uchun javobgar sifatida baholadi. 

 

“Ukraina nizosida Vashington alohida javobgar tomon hisoblanadi.

AQSH boshchiligidagi NATO uning hal etilishi kalitini ushlab turibdi. AQSH Kongerssi vakillar palatasi sobiq aʼzosi Tulsi Gabbard ‘Bayden Ukraina NATO aʼzosi bo‘lmasligi kafolatini bersa, Rossiya bilan urushning oldi olinadi‘ degandi.

Uning so‘zlari ayni haqiqat edi. Ammo AQSHning asosiy OAVlari atayin buni inkor qilibgina qolmay, ukrain xalqining fojeasidan foydalandi”, – deyiladi nashrda eʼlon qilingan maqolada.

 

Shu bilan birga mualliflar Vashington "jamoatchilik fikri bilan urush olib borishni to‘xtatishi lozim"ligini qayd etgan.

 

"Ukraina masalasida murakkab tarixi va amaliy faktorlar mavjudligi inobatga olinsa, ushbu muammoni soddalashtirish g‘arazli, hatto yovuz maqsadlarni ko‘zlaydi. Rossiya va Ukrainada muzokara olib borish uchun maʼlum niyatlar borligi inobatga olinishi muhim. Siyosiy-diplomatik yechim hali ham mavjud”, – deya taʼkidlangan.

 

Maqola so‘nggida Vashington beqarorlik manbasi bo‘lishdan ko‘ra,mojaro hal etilishida alohida javobgarlikni zimmasiga olishi kerakligi aytilgan.

 

Maʼlumot o‘rnida: 24 fevral kuni Rossiya Ukraina sharqida maxsus operatsiya boshlashini eʼlon qildi. Hozirda mamlakatning turli nuqtalarida janglar ketmoqda. G‘arb bunga javoban Moskvaga sanksiyalar joriy etdi. Qora ro‘yxatda Putin, RF tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va boshqa ko‘plab oliy martabali amaldorlar ham bor.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq RF-Ukraina muzokaralari to‘g‘risida maʼlumot berilgandi. 

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoy Kommunistik partiyasi Siyosiy byurosi doimiy qo‘mitasi a’zosi Van Xunin bilan uchrashgan.

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Operatsiya 23-oktyabr kuni ikki nafar Isroil harbiysi halok bo‘lgan hujumdan keyin boshlandi.

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Hujumlar oqibatida Kiyev va Xarkovda tinch aholi vakillari jarohatlandi.

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Ukraina prezidenti amaldagi front chizig‘i bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligini, biroq Rossiyaga qo‘shimcha hududlarni berishga rozi emasligini bildirdi.

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

U yuk avtomobillari orqali tashiladigan tovarlarni o‘g‘irlash sxemasida ishtirok etganlikda ayblanmoqda.

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

AQSh rasmiysiga ko‘ra, uch tomonlama muzokaralar yaqin ikki hafta ichida o‘tkazilishi mumkin.

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Shunga o‘xshash xavfsizlik choralari Yaqin Sharqdagi boshqa davlatlarda ham ko‘rilmoqda.

Qirg‘iz tilini bilish sinovi: Prezidentlikka nomzodlar ham imtihondan o‘ta olmadi

Qirg‘iz tilini bilish sinovi: Prezidentlikka nomzodlar ham imtihondan o‘ta olmadi

2026-yil yanvaridan oktabrigacha davlat tili imtihonini birinchi marta topshirganlarning 17,9 foizi muvaffaqiyatli natija ko‘rsatgan.