Jahon

Visa va Mastercard bir nechta Rossiya banklariga kirishni blokladi

Xalqaro to‘lov tizimlari RF moliya institutlarini xizmatdan uzishni boshladi.

Visa va Mastercard bir nechta Rossiya banklariga kirishni blokladi

 

Visa va Mastercard xalqaro to‘lov tizimlari Ukrainadagi urush tufayli Rossiyaga qarshi joriy qilingan sanksiyalarni amalga oshirish maqsadida Rossiya moliya institutlarini xizmatdan uzishni boshladi.

Bu haqdagi xabarlar kompaniyalar veb-saytlarida paydo bo‘ldi. 

 

Shunday qilib, Visa "tezkor choralar" ko‘rmoqda. Avvalroq Mastercard ham sanksiyalar tufayli Rossiyaning bir qancha moliyaviy institutlarini o‘z to‘lov tizimidan uzib qo‘ygani haqida maʼlum qilgan, biroq gap qaysi banklar haqida ketayotganiga aniqlik kiritmagan.

 

OAV xabarlariga ko‘ra, sanksiyaga uchragan Rossiya banklarining mijozlari endi Visa va Mastercard kartalari bilan xorijda va chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlovchi mamlakatlarda ro‘yxatdan o‘tgan onlayn-do‘konlarda to‘lay olmaydi.

 

Biroq, allaqachon chiqarilgan Visa va Mastercard kartalari Rossiyada amal qilishda davom etadi, chunki ichki to‘lovlar 2014 yilda yaratilgan ichki Milliy to‘lov kartalari tizimi tomonidan amalga oshiriladi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq YEI Rossiya bilan to‘liq miqyosli iqtisodiy va moliyaviy urush olib borishini aytgandi.

custom img

Melaniya Tramp Donald Trampga suiqasd xavfidan xavotirda — Daily Mail

Biroq Donald Trampning o‘zi xavfsizligi bilan bog‘liq tahdidlar yuzasidan jiddiy xavotir bildirgani haqida ma’lumot yo‘q.

custom img

Imron Xon sog‘lig‘i sabab qamoqxonadan kasalxonaga o‘tkazildi

Pokiston Oliy sudi sobiq bosh vazirni navbatdagi sud majlisigacha tibbiy ko‘rik va davolanish uchun kasalxonaga yuborish haqida qaror qabul qildi.

custom img

Filippinda maktabdagi otishmada 4 kishi halok bo‘ldi

Shningdek, hujum oqibatida to‘qqiz kishi jarohatlangan.

custom img

Shimoliy Koreya Rossiya-Ukraina urushidan qanday boyib ketdi?

Shimoliy Koreyaning Rossiyaga ko‘rsatgan urush yordami evaziga olgan daromadlari Kim Chen Inning hokimiyatini mustahkamladi va aholining tor bir qatlamining ham boyishiga imkon berdi.

custom img

G‘azoda qurolsizlanish va gumanitar masalalar bo‘yicha ikki ishchi guruh tuziladi

Qaror Netanyaxu va Tinchlik Kengashi vakillari ishtirokidagi muzokaralarda qabul qilindi.

custom img

Kobuldagi xususiy maktabda portlash sodir bo‘ldi, o‘quvchilar jarohatlandi

O‘quvchilar darslardan chiqqanidan keyin maktab hovlisiga granata otilgan

custom img

Qozog‘istonda 19 yoshli o‘zbekistonlik kelin vafot etdi

U o‘limidan oldin dugonasiga eri shirinlik tufayli uni urganini aytgan.

custom img

Tramp Makka kelishuvini Yaqin Sharqning birlashuvi deb atadi

AQSh prezidenti mazkur bitim mintaqa davlatlarining o‘zini himoya qilish imkoniyatlarini kuchaytirishini ta’kidlagan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"