Jahon

Yaponiya tarixdan to‘g‘ri saboq chiqarishi kerak — Mun Chje In

Janubiy Koreya prezidenti ikki davlat hamkorligi to‘g‘risida gapirdi.

Yaponiya tarixdan to‘g‘ri saboq chiqarishi kerak — Mun Chje In

 

Koreya Respublikasi ikki tomonlama murakkab munosabatlarga qaramay, Yaponiya bilan muloqotga ochiq. Bu haqda Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In maʼlum qildi.

 

Prezident bu haqda 1919-yilda yaponiyaga qarshi ko‘tarilgan umummilliy qo‘zg‘olonning 103 yilligi munosabati bilan uyushtirilgan tadbirda gapirgan.

 

"Seul va Tokio o‘tmishdagi muammolarni chetga surishi va hamkorlik tomon harakat qilishi kerak", — degan Mun Chje In. U, shuningdek, Koreya muloqot uchun ochiqligini, mintaqaviy va global muammolar yechimida birgalikda harakat qilishga tayyorligini bildirgan.

 

Ammo, uning so‘zlariga ko‘ra, ikki davlat o‘rtasida ishonchli munosabatlar o‘rnatilishi uchun Yaponiya tarixdagi xatolaridan to‘g‘ri xulosa chiqarishi kerak. U Tokioni "o‘tmishga qarashga va uning saboqlarini to‘g‘ri qabul qilish"ga chaqirdi.

 

Yaponiya va Janubiy Koreya o‘rtasidagi munosabatlar 2018-yildan boshlab sovuqlashgan. O‘shanda Koreya Respublikasi Oliy Sudi Nippon Steel & Sumitomo Metal korporatsiyasini 4 nafar koreyslarni okkupatsiya davrida majburiy mehnatga jalb qilgani uchun kompensatsiya to‘lashi shartligi to‘g‘risida qaror chiqargandi.

 

Tokio o‘z navbatida sud qarorini inkor qildi va Seulga nisbatan bir qator iqtisodiy cheklovlar joriy etdi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiyada AQSH yadro quroli joylashtirilmasligi maʼlum qilingandi. 

custom img

Maktabdagi otishma: Turkiyada 10 kishi yaralandi

15 yoshli o‘quvchi miltiq bilan maktab oldiga borib, otishma uyushtirgan.

custom img

5 mlrd dollar ajratiladi: AQSH Yaqin Sharq energetikasini tiklashni taklif qildi

Umumiy qiymati 10 mlrd dollarga yetishi mumkin bo‘lgan fond Hurmuz bo‘g‘oziga neft va gaz tashishda qaramlikni kamaytiruvchi infratuzilmani rivojlantirishga ham yo‘naltiriladi.

custom img

Generallar ham qutula olmadi: Xitoyda ikki yuqori martabali harbiy haydaldi

Generallar partiyaga sadoqatsizlik, guruhbozlik, mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish va korrupsiyada ayblangan.

custom img

Yangi cheklov: AQSh Eron aviakompaniyalarining dunyo bo'ylab parvozlarini to'xtatmoqchi

Eron aviakompaniyalariga xizmat ko‘rsatadigan xorijiy aeroport va kompaniyalar AQSh sanksiyalariga duch kelishi hamda dollar tizimidan uzilishi mumkin.

custom img

Italiya maktablarida xorijiy o‘quvchilar soni cheklanadi: burqa va niqob kiyish ham taqiqlanadi

Ayrim xorijlik o‘quvchilarning ota-onalariga italyan tilini o‘rganish majburiyati yuklatilishi mumkin.

custom img

Tramp uchta yirik OAVga Oq uyga kirishni taqiqladi: jurnalistlar sudga murojaat qildi

Donald Tramp taqiqni “soxta yangiliklar”ga qarshi chora sifatida izohladi.

custom img

Dunyoda dizel taqchilligi kuchaymoqda: tanqislik 2027-yilgacha davom etishi mumkin

Xitoy eksportining oshishi va neftni qayta ishlash korxonalarining yuqori rentabellik bilan ishlayotgani bozordagi bosimni qisman yumshatmoqda.

custom img

Janubiy Koreyada mina portladi: uch harbiy xizmatchi jarohatlandi

Hodisa Janubiy Koreya harbiylari chegara hududida qidiruv ishlarini olib borayotgan paytda yuz bergan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"