AQSH Xitoyni ortda qoldirmoqchi
Bayden bunga qanday erishish mumkinligini aytdi.

AQSH infratuzilmasini isloh qilish orqali Xitoydan iqtisodiy jihatdan o‘zib ketmoqchi. Bu haqda Jozef Bayden maʼlum qildi.
“Oldimizda infratuzilma o‘n yilligi turibdi. U AQSHni o‘zgartiradi va XXI asr iqtisodiy raqobatida g‘alaba qozonishimizga yordam beradi”, – degan u.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Amerikaning butun dunyo, ayniqsa, Xitoy bilan raqobati kuchayadi.
Maʼlumot o‘rnida: AQSH rahbari 2021 yilda mamlakat infratuzilmasini modernizatsiyasi uchun trillion dollarlik investitsiya to‘g‘risida qonunni imzoladi. Bayden iqtisodiy o‘sishning asosi sifatida aynan infratuzilmani ko‘rayotganini bir necha bor taʼkidlagan.
Avvalroq Vashington Moskva bilan Ukraina bo‘yicha aloqa kanalini yo‘lga qo‘yishni taklif qilgandi.







