O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev BMT vakili Vladimir Voronkovni qabul qildi

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Kontrterror boshqarmasi o‘rtasida sherikchilikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Shavkat Mirziyoyev BMT vakili Vladimir Voronkovni qabul qildi

 

Bugun, 2-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh kotibining o‘rinbosari – Kontrterror boshqarmasi rahbari Vladimir Voronkovni qabul qildi. U BMTning Global aksilterror strategiyasi bo‘yicha Toshkent xalqaro konferensiyasi doirasida mamlakatimizda bo‘lib turibdi.

 

Uchrashuv avvalida Vladimir Voronkov O‘zbekiston Prezidentiga Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrishning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi. Ertaga poytaxtimizda ish boshlaydigan ikki kunlik nufuzli xalqaro konferensiyani o‘tkazish tashabbusi va uning tashkil etilgani uchun alohida minnatdorlik bildirildi.

 

Mamlakatimizning BMT institut va tuzilmalari, shu jumladan Kontrterror boshqarmasi bilan amaliy hamkorligini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Davlat rahbari sermahsul hamkorlikning bugungi darajasini mamnuniyat bilan qayd etdi. Xususan, O‘zbekiston boshqarmaning terrorchilikka qarshi kurashish borasidagi 15 ta loyihasini amalga oshirishda faol ishtirok etmoqda.

 

Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlarining yangilangan Qo‘shma harakat rejasini amalga oshirish va loyihalar sonini ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratildi.

 

BMT Bosh Assambleyasi tomonidan O‘zbekiston tashabbusi bilan qabul qilingan “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” rezolyusiyasi doirasida ko‘p tomonlama tadbirlar o‘tkazish, yoshlarni ekstremizm va terrorizmning salbiy ta’siridan himoya qilish, “qaynoq nuqtalar”dan qaytarilgan shaxslarni reabilitasiya va reintegrasiya qilish sohasida tajriba almashish hamda kadrlar tayyorlash yo‘nalishida hamkorlik qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.

 

Mintaqa kun tartibidagi masalalar, shu jumladan Afg‘onistondagi vaziyatning rivojlanishi, afg‘on xalqiga ko‘maklashish va yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rish yuzasidan fikr almashildi.

 

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va BMT Kontrterror boshqarmasi o‘rtasidagi amaliy sheriklikni kengaytirish bo‘yicha qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni tayyorlash to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev BMT vakili Vladimir Voronkovni qabul qildi | Zamon.uz