Jahon

Gruziya ham Yevroittifoqqa kirish uchun ariza berdi

Ayni paytda Ittifoq Ukrainaning tashkilotga kirish arizasini ko‘rib chiqishni rasman boshlagan.

Gruziya ham Yevroittifoqqa kirish uchun ariza berdi


Gruziya bosh vaziri Irakliy Gariboshvili mamlakatning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish arizasini imzoladi.

 

"Bugun Gruziya uchun tarixiy kun... Yevropa Ittifoqiga a'zo bo'lish uchun ariza topshirish Gruziyaning Yevropa integratsiyasi yo'lidagi yana bir muhim qadamdir. Tariximizda yangi sahifa ochadigan bosqich... Gruziya Yevropa davlati.”, dedi Gariboshvili fuqarolarga murojaatida.

 

Unga ko‘ra, Gruziya Yevropa Ittifoqiga hech qachon bu qadar  yaqin bo'lmagan.

 

“2014-yildan boshlab, Yevropa Ittifoqi bilan assotsiatsiya shartnomasini imzolaganimizdan buyon biz oʻz majburiyatlarimizni izchil bajarmoqdamiz, Yevropa Ittifoqi bilan huquqiy, iqtisodiy va siyosiy sohalarda yaqinlashishda muvaffaqiyatga erishmoqdamiz”, — deya taʼkidlagan Gruziya bosh vaziri.

 

Eslatib o‘tamiz, Tbilisidan oldin Ukraina tomonidan ham xuddi shunday ariza berilgan edi. 28-fevral kuni Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy mamlakatning Yevropa Ittifoqiga a’zoligi bo‘yicha arizani imzoladi va shu kuniyoq YeI uni ko‘rib chiqish jarayonini rasman boshladi.

 

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Gruziya ham Yevroittifoqqa kirish uchun ariza berdi | Zamon.uz