Microsoft Rossiyadagi sotuvlarni to‘xtatdi
Korporatsiya Rossiya kiberhujumlaridan himoya qilish uchun ukrainaliklar bilan hamkorlikni davom ettirmoqda.

Microsoft korporatsiyasi Rossiyada yangi mahsulot va xizmatlarni sotishni to‘xtatdi.
“Sizga shuni ma'lum qilamizki, biz Rossiyada Microsoft mahsulotlari va xizmatlarining barcha yangi savdolarini to'xtatamiz. Bundan tashqari, biz AQSh, Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya hukumatlari bilan yaqindan hamkorlik qilmoqdamiz va hukumatning sanksiyalar bo‘yicha qarorlari asosida Rossiyadagi biznesimizning ko‘p jihatlarini to‘xtatmoqdamiz”, — degan kompaniya prezidenti.
Vaziyat rivojlanib borar ekan, korporatsiya yana qo‘shimcha choralar ko‘rishini istisno etmayapti. Bundan tashqari, korporatsiya Rossiya Federatsiyasidan ehtimoliy xakerlik hujumlaridan himoya qilish uchun ukrainalik mutaxassislar bilan kiberxavfsizlik bo'yicha hamkorlikni davom ettirmoqda.
Avvalroq xuddi shunday bayonotlar SAP, Intel va Oracle kompaniyalari tomonidan berilgan edi.








