Rus oligarxlarining uylari ukrainaliklarga beriladi
Britaniya ukrainalik qochqinlarni rossiyalik oligarxlarning musodara qilingan uylariga joylaydi.

Buyuk Britaniya hukumati Ukrainadan kelgan qochqinlarni rossiyalik oligarxlarning musodara qilingan uylariga joylashtirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Times xabar bermoqda.
Britaniya bosh vaziri o‘rinbosari Dominik Raab Buyuk Britaniya hukumati oligarxlarning Londondagi uylarini musodara qilishi va ukrainalik qochqinlarni joylashtirish uchun foydalanishi mumkinligini aytdi.
Hukumat “tez orada” oligarxlarga boyliklarini himoya qilish uchun qimmat yuridik firmalarni yollashni taqiqlash bo‘yicha takliflar kiritadi, — deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, rossiyalik taniqli tadbirkorlar Alisher Usmonov va Igor Shuvalovning aktivlari muzlatib qo‘yilishi, ular Buyuk Britaniya bo‘ylab sayohat qila olmasligi qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, AQSHning Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalari ro‘yhatida Putinninh matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham bor.







