Alisher Usmonovga tegishli USM holdingi "Kapitalbank" aksiyalarini sotib yubordi
Kecha Usmonovning “Dilbar” nomli yaxtasi Germaniyada hibsga olingandi.

USM Holdings kompaniyasi "Kapitalbank" ATB aksiyalarining 61,54 foiziga birgalikda egalik qiluvchi "Telekominvest" MCHJ (Rossiya) va “Finanse TSI” MCHJ (O‘zbekiston) ustav kapitalidagi 100 foiz ulushini sotish bo‘yicha bitim tuzdi.
Bitim "Kapitalbank" ATB biznesini birgalikda rivojlantirishdan manfaatdor bo‘lgan xususiy investorlar guruhi tashabbusi bilan tuzilganligi aytilmoqda.
Bitimning tijorat shartlari oshkor etilmagan.
Avvalroq, Usmonovning “Dilbar” nomli yaxtasi Germaniyada hibsga olingani hamda uning boyligi 1.2 milliard dollarga kamaygani haqida xabar berilgandi.







