Mamlakat TIV rahbari Ukrainadagi vaziyat sivilizatsiyaga xavf solayotganini maʼlum qilgan.
Mamlakat TIV rahbari Ukrainadagi vaziyat sivilizatsiyaga xavf solayotganini maʼlum qilgan.

Bu haqda “TASS” xabar berdi.
“Qirg‘iziston Rossiya va Ukraina vakillari o‘rtasida boshlangan muzokaralarni olqishlaydi. Shu bilan birga bu yo‘nalishda istalgan vositachilikka tayyorligini maʼlum qiladi. Zarurat tug‘ilgan taqdirda o‘z hududida muzokaralar o‘tkazishga va tinchlik o‘rnatilishi uchun ihar qanday yordamga tayyorligini bildiradi”, – degan Qirg‘iziston TIV rahbari Ruslan Kazakbayev.
U Moskva va Kiyevni nizoni davom ettirishini qo‘llash mumkin emasligini ham maʼlum qilgan.
“Biz Ukrainadagi vaziyatni katta xavotir bilan kuzatmoqdamiz. Eng avvalo, bu fojeaga ikki qardosh xalq – rus va ukrainlar tortildi. Odamlar qurbon bo‘lishining oldini olib bo‘lmadi. Bugun biz misli ko‘rilmagan inqirozga guvoh bo‘lyapmiz. Dunyo katta halokat yoqasida turibdi. Undan keyin sivilizatsiya tiklanishiga kafolat yo‘q. Tomonlarni nizoni davom ettirishiga undamaslik kerak”,– deb qo‘shimcha qilgan diplomat.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Slovakiya Kiyevga qiruvchi samolyot berishini inkor qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.







