O'zbekiston

Ombudsman Xorazmdagi tergov hibsxonasiga tashrif buyurdi

Parlamentning Inson huquqlari bo‘yicha vakili mahkumlar bilan suhbatlashib, ularning murojaatlarini tingladi.

Ombudsman Xorazmdagi tergov hibsxonasiga tashrif buyurdi

 


Joriy yilning 25 fevral kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili Odilbek Olloyorov viloyatning Urganch shahridagi 11-sonli Tergov hibsxonasida saqlanayotgan shaxslar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishish hamda ushbu hibsxonada saqlanayotgan shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni o‘rganish maqsadida hibsxonaga monitoring tashrifini amalga oshirdi.


Monitoring tashrifi davomida hibsxonada saqlanayotgan shaxslar uchun tibbiy xizmat ko‘rsatish, dori-darmon vositalari ta’minoti hamda oziq-ovqat sifati va belgilangan me’yorlarga amal qilinayotganligi o‘rganildi, bu borada salbiy holatlar aniqlanmadi. Shu bilan birga, tashrif davomida sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya etilayotganligini ko‘rish maqsadida ayblanuvchi va sudlanuvchilarni saqlash xonalari ko‘zdan kechirildi. 


Shundan so‘ng, hibsxonada saqlanayotgan shaxslar bilan jamoaviy suhbatlar o‘tkazilib, saqlanayotgan shaxslarning shikoyatlari va takliflari tinglandi. Saqlash sharoitlari yuzasidan shikoyatlar kelib tushmadi. Shuningdek, suhbat davomida mahkum va mahbuslar yaratilgan shart-sharoitlardan va xodimlarning muomalasidan mamnunliklarini bildirishdi.


Jamoaviy suhbatdan so‘ng mintaqaviy vakil bilan holi uchrashishni so‘ragan shaxslar bilan qabullar tashkil qilindi. Ulardan biri Jizzax viloyati Zomin tumanida doimiy ro‘yxatda turishini aytdi va tergov harakatlaridan noroziligini bildirdi. Uning murojaati qabul qilinib, qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqishlik uchun ijroga olindi.


Shuningdek, qabul davomida mahbuslardan apellyasiya sudi majlislarida mintaqaviy vakilning kuzatuvchi sifatida ishtirok etishida amaliy yordam ko‘rsatilishi bo‘yicha ko‘plab iltimoslar kelib tushdi. Ushbu murojaatlar ham ijro uchun qabul qilib olingan.

 

custom img

Investorlar va yirik klasterlarga 40 ga yaqin startap loyihasi taqdim qilindi

Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan “Demo Day” tadbiri o‘tkazildi.

custom img

Toshkentda 1,2 kilometrlik BRT yo‘lagi foydalanishga topshirildi

Shahrisabz ko‘chasidagi BRT loyihasining birinchi bosqichi doirasida yangi avtobus bekatlari va alohida harakat yo‘lagi tashkil etilib, yo‘l infratuzilmasi to‘liq qayta qurildi.

custom img

Behzod Musayev Migratsiya agentligi direktori lavozimidan ozod etildi

Uning o‘rniga Muxsinxo‘ja Abdurahmonov agentlik direktori etib tayinlandi

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSH senatori bilan strategik sheriklikni mustahkamlash masalalarini muhokama qildi

Uchrashuvda O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni kengaytirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

custom img

Toshkentning to‘rt tumanida gaz ta’minoti vaqtincha cheklanadi

Gaz ta’minotidagi vaqtinchalik cheklovlar texnik ishlar yakunlangach bekor qilinadi.

custom img

Musulmon Yunusovning murojaati o‘rganildi

Sergeli tumanlararo TIYEK va Inson markazining masʼul rahbar hamda xodimlariga ishdan bo‘shatishgacha bo‘lgan keskin choralar ko‘rildi.

custom img

Glinka ko‘chasida asfalt o‘pirildi

Hodisa sabablari o‘rganilib, uning oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

custom img

O‘zbekiston muftiysi “Fatvo sohasidagi ulkan yutuqlari uchun” xalqaro mukofoti bilan taqdirlandi

Taqdirlash marosimi Qohirada o‘tgan xalqaro konferensiya ochilishida bo‘lib o‘tgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"