Zelenskiy Putin bilan Turkiyada muzokara o'tkazishga tayyor
Hozirga kelib Turkiya, Rossiya va Ukraina o'rtasida urush mavzusi sezilarli darajada faollashgan.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy turkiyalik hamkasbi Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Istanbul yoki Anqarada uchrashishga tayyorligini aytdi. Bu haqda Turkiya davlat rahbarining rasmiy vakili ma’lum qildi.
OAVlarning Turkiya TIVdagi manbasiga tayanib xabar berishicha, Rossiya Federatsiyasi va Turkiya tashqi ishlar vazirlari ham telefon orqali muloqot qilgan. Avvalroq Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻli ukrainalik hamkasbi Dmitriy Kuleba bilan ham muzokara oʻtkazgandi.
Hozirga kelib Turkiya, Rossiya va Ukraina o'rtasidagi urush mavzusida sezilarli darajada faollashdi.
Eslatib o'ramiz, Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putinga muzokaralar stoliga o‘tirishni so‘rab murojaat qilgani xabar qilingandi.








