O'zbekiston

Bu yilgi “Zulfiyachilar” nomi e’lon qilindi

Bu bo’yicha Prezident tegishli qarorni imzoladi.

Bu yilgi “Zulfiyachilar” nomi e’lon qilindi

 

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.


“Mamlakatimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning orzu-intilishlarini amalga oshirish, o‘zining iqtidori va ibratli faoliyati bilan yoshlarga o‘rnak bo‘lib kelayotgan, turli soha va tarmoqlarda qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarayotgan, chuqur bilim va intellektual salohiyatini namoyon etib, muhim g‘oya va tashabbuslarni ilgari surayotgan, ijtimoiy hayotda faollik ko‘rsatayotgan qizlarni munosib rag‘batlantirish maqsadida:

 

1. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining iqtidorli qizlarini a’lo xulqi, noyob iste’dodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, o‘qishdagi muvaffaqiyatlari hamda ta’lim, fan, adabiyot, san’at, madaniyat, sport sohalarida va jamoatchilik faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risidagi takliflari ilovadagi ro‘yxatga muvofiq ma’qullansin.

 

2. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan bayram tantanalarida sovrindorlik diplomlari va ko‘krak nishonlari topshirilsin.

 

3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini ta’minlasin.

 

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalarining ibratli faoliyati, ularning noyob iste’dodi va erishgan yutuqlarini keng yoritib borish tavsiya etilsin.

 

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Nizomiddinov zimmasiga yuklansin”, deyilgan qaror matnida.

 

Mazkur qaror bian jami 28 nafar ayol-qiz davlat mukofoti bila taqdirlangan:

 

– Maqsadova Zuxraxon Qahramon qizi – Qoraqalpoq davlat universitetining 2-bosqich talabasi;


– Orinbayeva Yerkinay Quanishbay kizi – Nukus davlat pedagogika institutining 4-bosqich talabasi;


– Zaynobiddinova Durdonabegim Sarvarjon qizi – Andijon davlat tibbiyot institutining 6-bosqich talabasi;


– Mashrabova Muxlisa Alijon qizi – Andijon davlat universitetining 2-bosqich talabasi;


– Davlatova Nafosat Furqat qizi – O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining 4-bosqich talabasi (Buxoro viloyati);


– Shonazarova Mushtariy Begim Shavkatovna – Buxoro viloyati Buxoro shahridagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi;


– Abduvaliyeva Aziza Farhod qizi – Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyining 2-bosqich o‘quvchisi (Jizzax viloyati);


– Bahodirova Sevara Bahodir qizi – Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining 2-bosqich talabasi (Jizzax viloyati);


– G‘o‘chchiyeva Rohilabonu Abdurahmon qizi – O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 3-bosqich talabasi (Qashqadaryo viloyati);


– Qurbonova Oftoboyim Husniddinovna – Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining kafedra assistenti;


– Murodullayeva Yulduz Behzod qizi – Navoiy viloyati Navoiy ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabining 11-sinf o‘quvchisi;


– Sayfullayeva Gulhayo Ixtiyor qizi – Navoiy davlat pedagogika institutining kafedra katta o‘qituvchisi;


– Ahmadaliyeva Nilufar Qobiljon qizi – Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining 4-bosqich talabasi (Namangan viloyati);


– Jo‘rayeva Gulchexraxon Zokirjon qizi – O‘zbekiston davlat konservatoriyasining 4-bosqich talabasi (Namangan viloyati);


– Orziqulova Hilola Fazliddin qizi – O‘zbekiston davlat konservatoriyasining 3-bosqich talabasi (Samarqand viloyati);


– Xalilova Mahbuba Asqarali qizi – Samarqand viloyati Samarqand shahridagi 59-ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabning 12-sinf o‘quvchisi;


– Abdunabiyeva Farangiz Odiljon qizi – Sirdaryo viloyati Guliston olimpiya zaxiralari kollejining 11-sinf o‘quvchisi;


– Alimova E’zoza Zafar qizi – Toshkent davlat pedagogika universitetining 4-bosqich talabasi (Sirdaryo viloyati);


– Qushoqova Gulhayo Bahodir qizi – Surxondaryo viloyati Termiz jamoat salomatligi texnikumining 2-bosqich o‘quvchisi;


– Xolboyeva Aziza Ixtiyarovna – Termiz davlat universitetining tayanch doktoranti;


– Abdusalamova Kumushxon Shakir qizi – Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2-bosqich magistranti (Toshkent viloyati);


– Seit-Asan Feride Ernestovna – O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 1-bosqich magistranti (Toshkent viloyati);


– Naypak Vasilisa Romanovna – Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining 3-bosqich talabasi (Farg‘ona viloyati);


– Oripova Zarnigorxon Matqulbek qizi – Farg‘ona politexnika institutining 1-bosqich magistranti;


– Davletova Ullijon Sapavoy qizi – Urganch davlat universitetining 3-bosqich talabasi;


– Sa’dullayeva Madina Odamboy qizi – Xorazm viloyati Xiva shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchisi;


– Jamilova Sabina Ulug‘bek qizi – O‘zbekiston davlat konservatoriyasining 1-bosqich talabasi (Toshkent shahri);


– Rixsiboyeva Madinaxon Qodirjon qizi – Toshkent davlat pedagogika universitetining kafedra o‘qituvchisi (Toshkent shahri).

 

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

custom img

Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish: 14 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun jazo kuchaytiriladi

Senatda jazo choralarini kuchaytirish ko‘rib chiqilmoqda.

custom img

“Bu xabarlarni vazir yubormagan”: Oliy ta’lim vazirligidan ogohlantirish

Qo‘ng‘irotboy Sharipov nomidan yuborilayotgan xabarlar soxta ekani ma’lum qilindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"