Ukrainada rossiyalik harbiy asirlar uchun lagerlar yaratiladi
Ayni paytda mamlakatda mahbuslar soni ko‘pligi aytilmoqda.

Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Aleksey Arestovich rossiyalik siyosatchi Mark Feyginning YouTube kanaliga bergan intervyusida mamlakatda rus askarlari uchun lagerlar yaratilishi haqida aytib o‘tgan.
“Biz Jeneva konvensiyasining barcha qonunlariga muvofiq, barcha talablarni hisobga olgan holda, mahbuslarni markazlashgan holda hibsda saqlashni tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilamiz, ular, darvoqe, juda ko‘p. Biz lagerlar yaratamiz, chunki mahbuslar juda ko‘p”, degan Arestovich.








