“Visa” va “Mastercard” to‘lov tizimlari Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatadi
10-martdan boshlab Rossiyada ishlab chiqarilgan kartalar xorijda ishlamaydi.

“Visa” to‘lov tizimi sho‘ba korxonasi 10-martdan boshlab Rossiyada xizmat ko‘rsatishni to‘xtatadi.
Qayd etilishicha, 10-martdan boshlab Rossiyada chiqarilgan “Visa” kartalari xorijda ishlamaydi va xorijiy onlayn-do‘konlarda to‘lov uchun qabul qilinmaydi. “Mastercard” kartalari bilan ham vaziyat xuddi shunday.
Rossiya banklari tomonidan chiqarilgan “Visa” va “Mastercard” xalqaro to‘lov tizimlari kartalari bilan chet elda, shu jumladan xorijiy Internet-resurslarda to‘lovlar amalga oshirilmaydi








