Moskva bilan munosabatlar yaxshilanmaydi — Jonson
Buyuk Britaniya bosh vaziri kollektiv xavfsizlik to‘g‘risida o‘ylash kerakligini aytgan.

Gʻarb Rossiya bilan 2014-yildan keyin bo‘lgani kabi munosabatlarini yaxshilamaydi. Bu haqda Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson ma’lum qildi.
"Dunyo, shubhasiz, o‘zgarmoqda. Fikrimcha, Ukrainaga bosqindan keyin 2014 yildagi Qrim anneksiyasidan keyin bo‘lgani kabi status-kvoga qaytib bo‘lmaydi, normallashuvni kutish mumkin emas. Vaziyat o‘zgarganini tan olishimiz va kollektiv xavfsizligimiz haqida o‘ylashimiz kerak", — degan u.
Ma’lumot o‘rnida: 24 fevral kuni Rossiya Ukrainada maxsus operasiya boshladi. Hozirga qadar Xerson, Berdyansk kabi yirik shaharlar egallangan. Odessa va Mariupol qurshovga olingan. Xarkovda og‘ir janglar davom etmoqda. Moskva operasiyadan ko‘zlangan maqsad — Ukrainani qurolsizlantirish va "denasifikasiya" qilish ekanini aytgan.
28 fevral, 3 mart va 7 mart kunlari Rossiya va Ukraina Belarus hududida muzokara olib bordi.








